Mirziyoyev Toshkentda ochilgan suv sporti saroyini borib ko‘rdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2024
Obuna bo‘lish
Majmua negizida Suv sporti maktabi tashkil etilgan. Davlat rahbari bu yerda yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini kuzatdi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yakkasaroy tumanida bunyod etilgan suv sporti saroyini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga qarashli mazkur majmua suv sporti rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida qurilgan. Bu yerda ham professional sportchilar, ham havaskorlar uchun sharoit yaratilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2024
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
50 metrli basseyn va 500 o‘rinli tomoshagohga ega katta zalda xalqaro miqyosdagi musobaqalar, terma jamoa o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun zamonaviy sharoitlar bor. Balandlikdan sakrash va kichik havzalarda bolalar suv sportini o‘rganadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2024
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Majmuada yoshlar, mehnat jamoalari va faxriylar salomatliklarini mustahkamlashi mumkin. U bir vaqtning o‘zida 100 nafar, bir kunda mingdan ziyod aholiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega. Ikkinchi qavatda ma’muriyat va murabbiylar xonasi, konferensiya zali, trenajor xonasi hamda sport sharhlovchilari uchun maxsus xonalar joylashgan.
Majmua negizida Suv sporti maktabi tashkil etilgan. Davlat rahbari bu yerda yosh sportchilarning mashg‘ulotlarini kuzatdi. Ularning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ulkan yutuqlarga ruhlantirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2024
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2024
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Bu yil Parij shahrida o‘tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi tizimidan 13 nafar sportchi litsenziya qo‘lga kiritgan. Prezident mazkur sportchilar va murabbiylar bilan suhbatlashdi.
“Shaharu qishloqlarda sport majmualari qurib, uni ommalashtirishga katta e’tibor berayapmiz. Chunki sport bilan shug‘ullangan yoshlar kam bo‘lmaydi, sog‘lom bo‘ladi, bolalarini ham shunday tarbiyalaydi. Sizdek professional sportchilar bu yo‘lda yoshlarga ham iftixor, ham o‘rnak bo‘ladi”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2024
Shavkat Mirziyoyev osmotrel dvores vodnix vidov sporta
Yangiliklar lentasi
0