Vladimir Putin Peterburg iqtisodiy forumida nutq so‘zladi — video

Obuna bo‘lish
Prezident o‘z nutqida Rossiya iqtisodiyoti, jahondagi vaziyat, maxsus operatsiya va Ukraina inqirozida to‘xtalib o‘tadi.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining (PXIF) yalpi majlisida nutq so‘zlaydi. Tadbir 7-iyun kuni Moskva vaqti bilan soat 14:00 dan keyin boshlanadi, deb xabar qildi Dmitriy Peskov.

An’anaga ko‘ra, Rossiya prezidenti har yili forum yalpi majlisida o‘z bayonoti bilan chiqadi. Keyin munozaralar davom etadi. Tadbirni odatda taniqli jurnalist boshqaradi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, prezident o‘z nutqida Rossiya iqtisodiyoti, jahondagi vaziyatga o‘z qarashlari, maxsus operatsiya va Ukraina inqiroziga to‘xtalib o‘tadi.
2024 yilgi Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) 5-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda.
Yangiliklar lentasi
0