https://oz.sputniknews.uz/20240607/aqsh-dollar-monopoliyasidan-foydalanib-boshqa-davlatlar-resurslarini-tortib-olmoqda---putin-44296564.html
AQSh dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlar resurslarini tortib olmoqda - Putin
AQSh dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlar resurslarini tortib olmoqda - Putin
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shma Shtatlar dunyo iqtisodiyotiga taxminan 54,3 trillion dollar qarzdor bo‘lgan - Putin. 07.06.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-06-07T20:45+0500
2024-06-07T20:45+0500
2024-06-07T20:45+0500
rossiya
aqsh
vladimir putin
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/07/44294142_0:0:3116:1753_1920x0_80_0_0_589ec47ff18f3c302aeee13e0074593a.jpg
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. AQSh, dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlardan resurslarni tortib olmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida.“Dollarning monopol mavqeyidan foydalanib, Qo‘shma Shtatlar yiliga o‘zi ishlab chiqarganidan bir trillion dollar ko‘proq iste’mol qiladi va bu resurslarni boshqa mamlakatlardan tortib olmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) 5-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda va unda 136 ta davlatdan 20 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. PXIF — 1997-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va dunyoning eng yirik iqtisodiy anjumanlaridan biriga aylangan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/06/07/44294142_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_7f1e85bef5c492c36e9cf986ee049463.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aqsh, vladimir putin
rossiya, aqsh, vladimir putin
AQSh dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlar resurslarini tortib olmoqda - Putin
Qo‘shma Shtatlar dunyo iqtisodiyotiga taxminan 54,3 trillion dollar qarzdor bo‘lgan - Putin.
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. AQSh, dollar monopoliyasidan foydalanib, boshqa davlatlardan resurslarni tortib olmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida.
"Biz hech kimning bo‘ynida parazitlarcha yashay olmaymiz, Amerika Qo‘shma Shtatalari kabi. Ularning savdo balansida trillion dollarlik kamomad bor. Axir bu nima degani? Odamlar men nima haqida gapirayotganimni tushunadi. Bu neokolonializmning zamonaviy ko‘rinishidir”, - dedi Rossiya prezidenti.
“Dollarning monopol mavqeyidan foydalanib, Qo‘shma Shtatlar yiliga o‘zi ishlab chiqarganidan bir trillion dollar ko‘proq iste’mol qiladi va bu resurslarni boshqa mamlakatlardan tortib olmoqda”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.
"Ochiq manbaalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar dunyo iqtisodiyotiga taxminan 54,3 trillion dollar qarzdor bo‘lgan. Bundan 12,6 trillioni - bu shaxsiy jamg‘armalar. Ya’ni odamlar o‘z cho‘ntaklarida yoki bank hisob raqamlarida saqlayotgan pullar. Yana 10 trillion dollar Amerika kompaniyalari tomonidan xorijdan olingan mablag‘lar. Mana shu 22,6 trillion narsa bilan ta’minlanmagan. Faqat Amerika iqtisodiy tizimiga ishonchga bog‘liq”, — dedi Putin.
Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) 5-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tmoqda va unda 136 ta davlatdan 20 mingga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. PXIF — 1997-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda va dunyoning eng yirik iqtisodiy anjumanlaridan biriga aylangan.