https://oz.sputniknews.uz/20240605/tashkent-forum-shht-44243656.html
Toshkentdagi forumda ShHT davlatlaridan kelgan ekspertlar nimalarni muhokama qilmoqda
Toshkentdagi forumda ShHT davlatlaridan kelgan ekspertlar nimalarni muhokama qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Ishtirokchilar fikricha, Shanxay hamkorlik tashkiloti forumi shunchaki munozaralar klubiga aylanib qolmasligi kerak.
2024-06-05T16:34+0500
2024-06-05T16:34+0500
2024-06-05T16:47+0500
siyosat
o‘zbekiston
toshkent
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787653_0:216:2873:1832_1920x0_80_0_0_319a1a11d1fdaaad4152e9c903237ba6.jpg
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) forumining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda tadbir tashkilotchisi – Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti matbuot xizmati xabar berdi.Forum “Yangi sharoitlarda ShHTning roli: umuminsoniy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan.Ishtirokchilar – 10 ta davlatdan 40 nafardan ortiq ekspertlar, jumladan, ShHTga a’zo mamlakatlar milliy tadqiqot markazlari delegatsiyasi, kuzatuvchi davlatlar mutaxassislari va ShHT muloqoti bo‘yicha hamkorlar, shuningdek, ShHT Kotibiyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati.Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, hozirgi bosqichda tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish va uni rivojlantirish istiqbollariga e’tibor qaratilmoqda.Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ShHT Forumi faoliyatini samarali ekspert va tahliliy platforma sifatida yuqori baholadi.Shu bilan birga, u “ShHT Forumi faqat nimadir deyish va kimnidir eshitish uchun yig‘iladigan munozaralar klubiga aylanib qolmasligi” muhimligini ta’kidladi.Uning fikricha, yangi tahdid va chaqiriqlarga samarali javob berish uchun “ShHT faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishning obyektiv zarurati bor”.ShHT forumlari yig‘ilishlari ShHTning asosiy qaror qabul qiluvchi organlari – Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashining kun tartibini boyitish uchun ekspert va tahliliy ozuqa bo‘lib xizmat qilishi juda muhim, deya qo‘shimcha qildi Aripov.ShHT bosh kotibi Chjan Min ishtirokchilarni tabrikladi. U tashkilot erishgan yutuqlarga to‘xtalib, ShHT o‘zining 20-yildan ortiq rivojlanishi davomida davlat rahbarlari uchrashuvlarining mintaqaviy mexanizmidan eng yirik keng qamrovli xalqaro tashkilotga aylanganini ta’kidladi.Bundan tashqari, u “katta ShHT oilasi” a’zolari soni ortib borayotganini aytdi.Shuningdek, u ShHT nafaqat siyosat, diplomatiya, tinchlik, taraqqiyot, xavfsizlik kabi “yuqori darajadagi” vazifalarga, balki turizm, sport, chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi “xalqqa yaqin” mavzularga ham e’tibor qaratayotganini qayd etdi”.Joriy tadbir haqida gapirar ekan, Chjan Min “19 yillik faoliyati davomida ShHT Forumi tashkilotning eng nufuzli maslahat va ekspert mexanizmiga aylanganini” ta’kidladi.Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi forumda ShHTni yangi davrda rivojlantirish uchun katta amaliy va uzoq muddatli ahamiyatga ega bo‘lgan mavzular muhokama qilinadi. Ishtirokchilar e’tibori hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, tashkilot faoliyatining hozirgi bosqichida samaradorligini oshirish va uni rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20240521/sco-tashqi-ishlar-vazir-ostona-yigilish-yakun-hujjat-43980338.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/03/26787653_71:0:2802:2048_1920x0_80_0_0_346eb38e2ccf8285dc48a7c56f622b1e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent shanxay hamkorlik tashkiloti
toshkent shanxay hamkorlik tashkiloti
Toshkentdagi forumda ShHT davlatlaridan kelgan ekspertlar nimalarni muhokama qilmoqda
16:34 05.06.2024 (yangilandi: 16:47 05.06.2024) Ishtirokchilar fikricha, Shanxay hamkorlik tashkiloti forumi shunchaki munozaralar klubiga aylanib qolmasligi kerak.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Toshkentda O‘zbekiston raisligida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) forumining 19-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda tadbir tashkilotchisi – Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti matbuot xizmati xabar berdi.
Forum “Yangi sharoitlarda ShHTning roli: umuminsoniy xavfsizlik, barqarorlik va farovonlik yo‘lida sa’y-harakatlarni birlashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan.
Ishtirokchilar – 10 ta davlatdan 40 nafardan ortiq ekspertlar, jumladan, ShHTga a’zo mamlakatlar milliy tadqiqot markazlari delegatsiyasi, kuzatuvchi davlatlar mutaxassislari va ShHT muloqoti bo‘yicha hamkorlar, shuningdek, ShHT Kotibiyati va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbariyati.
Hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, hozirgi bosqichda tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish va uni rivojlantirish istiqbollariga e’tibor qaratilmoqda.
Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov ShHT Forumi faoliyatini samarali ekspert va tahliliy platforma sifatida yuqori baholadi.
“ShHTga a’zo davlatlar, kuzatuvchilar va muloqot bo‘yicha hamkorlar bo‘lgan yirik “ShHT oilasi”ning barcha mamlakatlari vakillarining ushbu formatga ulanishi hozirgi sharoitda bu yo‘lda o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish tobora ommalashib borayotganidan dalolat beradi”, — dedi ekspert.
Shu bilan birga, u “ShHT Forumi faqat nimadir deyish va kimnidir eshitish uchun yig‘iladigan munozaralar klubiga aylanib qolmasligi” muhimligini ta’kidladi.
"Biz ishimiz mustahkam amaliy ta’sir ko‘rsatishini ta’minlashimiz kerak", — dedi Aripov.
Uning fikricha, yangi tahdid va chaqiriqlarga samarali javob berish uchun “ShHT faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishning obyektiv zarurati bor”.
ShHT forumlari yig‘ilishlari ShHTning asosiy qaror qabul qiluvchi organlari – Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashining kun tartibini boyitish uchun ekspert va tahliliy ozuqa bo‘lib xizmat qilishi juda muhim, deya qo‘shimcha qildi Aripov.
ShHT bosh kotibi Chjan Min ishtirokchilarni tabrikladi. U tashkilot erishgan yutuqlarga to‘xtalib, ShHT o‘zining 20-yildan ortiq rivojlanishi davomida davlat rahbarlari uchrashuvlarining mintaqaviy mexanizmidan eng yirik keng qamrovli xalqaro tashkilotga aylanganini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u “katta ShHT oilasi” a’zolari soni ortib borayotganini aytdi.
“Kelgusi oy Ostonada bo‘lib o‘tadigan ShHT sammitida Belarusning ShHTga a’zo bo‘lishi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi va shu tariqa ShHTga a’zo davlatlar soni tarixiy ikki raqamli yutuqqa erishadi”, – dedi Chjan Min.
Shuningdek, u ShHT nafaqat siyosat, diplomatiya, tinchlik, taraqqiyot, xavfsizlik kabi “yuqori darajadagi” vazifalarga, balki turizm, sport, chiqindilarni utilizatsiya qilish kabi “xalqqa yaqin” mavzularga ham e’tibor qaratayotganini qayd etdi”.
Joriy tadbir haqida gapirar ekan, Chjan Min “19 yillik faoliyati davomida ShHT Forumi tashkilotning eng nufuzli maslahat va ekspert mexanizmiga aylanganini” ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi forumda ShHTni yangi davrda rivojlantirish uchun katta amaliy va uzoq muddatli ahamiyatga ega bo‘lgan mavzular muhokama qilinadi. Ishtirokchilar e’tibori hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, tashkilot faoliyatining hozirgi bosqichida samaradorligini oshirish va uni rivojlantirish istiqbollariga qaratilgan.