ShHT tashqi ishlar vazirlarining Ostonadagi yig‘ilishi yakunlari: 22 ta hujjat imzolandi

© Sputnik / Sanat ImangaliyevShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi: yakuniy hujjatlarni imzolash jarayoni.
ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi: yakuniy hujjatlarni imzolash jarayoni. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
Obuna bo‘lish
Ostonada Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida 22 ta qaror qabul qilindi. Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda Sputnik Qozog‘iston.
Uning so‘zlariga ko‘ra, imzolangan qarorlar siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ko‘p tomonlama hamkorlikka taalluqlidir.
© Sputnik / Sanat ImangaliyevShHT bosh kotibi Chjan Min.
Generalniy sekretar Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) Chjan Min - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
ShHT bosh kotibi Chjan Min.

“Shuningdek, ShHT bosh kotibi kotibiyatning 2023-yil mayidan 2024-yil mayigacha bo‘lgan davrdagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ma’qullandi”, — dedi Min.

© Sputnik / Sanat ImangaliyevShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi: yakuniy hujjatlarni imzolash jarayoni.
Zasedanie SMID ShOS: podpisanie itogovix dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi: yakuniy hujjatlarni imzolash jarayoni.
Uchrashuvda tashkilot a’zolari safini kengaytirish jarayoniga alohida e’tibor qaratildi, dedi ShHT bosh kotibi.
“Bu ShHTning tashkilotga a’zo bo‘lmagan boshqa davlatlar orasida jozibadorligi va ijobiy imidjidan dalolat beradi. Belarus tashqi ishlar vaziri janob Sergey Aleynik ishtirokida Belarus Respublikasini ShHTga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi eslatmalarni sinxronlashtirdik”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, muhim masala, tashkilotning mukammalligi to‘g‘risida munozara kun tartibida bo‘ldi. Tomonlar ShHT organlari va mexanizmlarining yangi sharoitlarda yanada samarali faoliyat yuritishi masalalarini muhokama qilishdi.
© Sputnik / Sanat ImangaliyevShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi: yakuniy hujjatlarni imzolash jarayoni.
Zasedanie SMID ShOS: podpisanie itogovix dokumentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi: yakuniy hujjatlarni imzolash jarayoni.
Chjan Min Qozog‘istonning ShHTga raisligiga ham e’tibor qaratdi.
“2023 yil iyul oyidan buyon Qozog‘istonning ShHTga raisligi doirasida Qozog‘iston tomoni turli sohalarda 180 dan ortiq tadbir tashkil etdi. Mazkur missiya davomida Qozog‘iston hamkorlari iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, madaniy-gumanitar masalalarga alohida e’tibor qaratdi”, — dedi tashkilot bosh kotibi.
Qozog‘istonning raisligi mazmunli va qiziqarli bo‘ldi, dedi u.
“Ishonchim komilki, ShHTga a’zo davlatlar ko‘magida Ostona sammiti muvaffaqiyatli o‘tadi va tashkilotga yangi sur’at bag‘ishlaydi, shuningdek, uning rivojlanishidagi yana bir muhim bosqichga aylanadi. O‘z navbatida, biz uni tayyorlash va amalga oshirishda maksimal darajada yordam berishga tayyormiz”, — deb ishontirdi Chjan Min.
Kuzda Islomobodda (Pokiston) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHT Hukumat rahbarlari kengashini o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishda ShHTga a’zo to‘qqiz davlat tashqi ishlar vazirlari darajasida hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbari Ruslan Mirzayev ishtirok etdi.
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya ham yig‘ilishida ishtirok etdi. Avvalroq Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan Ostonada uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) 2001-yilda tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Unga Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston kiradi. Kuzatuvchi davlatlar – Afg‘oniston, Belarus va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar – Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, BAA, Turkiya va Shri-Lanka.
2023 yil iyul oyida Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida Eron tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. U yerda Belarus tashkilotga a’zo davlat maqomini olish uchun majburiyatlar to‘g‘risidagi memorandumni imzoladi. Shu yilning iyul oyida bo‘lib o‘tadigan sammitda Belarus ShHTning to‘laqonli a’zosiga aylanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 4-5 may kunlari Hindistonning Goa shtatida ShHT tashqi ishlar vazirining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi. Unda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, izchil taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikni kengaytirish va boshqa ko‘plab masalalarni qamrab olgan ShHTning keng ko‘lamli kun tartibi ko‘rib chiqilgan.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
ShHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Ostonada uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0