O‘zbekistonda may oyida inflyatsiya qanchaga oshdi — infografika

Obuna bo‘lish
Iste’mol narxlari o‘zgarishini monitoring qilish bo‘yicha tovar va xizmatlar majmuasiga 420 ta tovar va 90 ta xizmat kiradi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024-yil may oyida inflyatsiya darajasi +2,8 foizni, yil boshidan buyon esa +5,5 foizni tashkil qilgan.
Iste’mol narxlari o‘zgarishini monitoring qilish bo‘yicha tovar va xizmatlar majmuasiga 420 ta tovar va 90 ta xizmat kiradi. Ularning barchasi uchta katta guruhga bo‘lingan: oziq-ovqat, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar.
Respublikada har oyda 10 mingdan ortiq savdo shoxobchalari va pulli xizmat ko‘rsatish obyektlari o‘rganilib, 120 mingdan ortiq narx kotirovkalari qayd etilmoqda.
Joriy yilning may oyida tovarlar narxi 1 foizga pasaygan, xizmatlar narxi esa 15,2 foizga oshgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, xizmatlar narxlarining keskin oshishi gaz va elektr energiyasiga tariflar oshishi fonida sodir bo‘lgan.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0