Toshkentda Rossiyaning "Konsul Praym" markazi ochildi — qanday xizmatlar ko‘rsatiladi?

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishGosudarstvennie flagi Rossii i Uzbekistana
Gosudarstvennie flagi Rossii i Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2024
Obuna bo‘lish
Markaz hujjatlarni keyinchalik elchixonaning konsullik bo‘limiga topshirish uchun dastlabki bosqichda xizmatlar ko‘rsatadi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Toshkentda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasida konsullik xizmatlari samaradorligini oshirish maqsadida “Konsul Praym” axborot-maslahat markazi ochildi, deb xabar berdi Rossiya diplomatik vakolatxonasi matbuot xizmati.

“Rossiya Tashqi ishlar vazirligining buyrug‘iga binoan Toshkentda "Konsul Praym" axborot-maslahat markazi ochildi”, — deyiladi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Telegram-kanalidagi xabarda.

Markaz Rossiyaning xorijdagi konsullik idoralarining yagona va rasmiy hamkori hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi konsullik xizmatlarining mavjudligi va samaradorligini oshirishdan iborat.
Markaz quyidagi konsullik xizmatlarini ko‘rsatish uchun hujjatlarni tayyorlash va taqdim etishda yordam ko‘rsatadi:
xorijga chiqish pasportlari hujjatlari;
Rossiya fuqaroligini olish;
ishonchnomalarni tasdiqlash;
FHDYo guvohnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar.
Markaz manzili: Toshkent shahri, Nukus ko‘chasi, 83A, 3-qavat (mo‘ljal Ozone fitnes-klub). Ish vaqti: dushanba-juma, soat 9.00 - 18.00gacha, shanba, yakshanba dam olish kuni. Murojaat uchun telefon raqami: +998 78-113-92-99.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil yakuniga ko‘ra, Rossiyaga doimiy yashash uchun ketgan O‘zbekiston fuqarolari soni o‘tgan yilga nisbatan 1,9 barobar oshgan: 2,67 ming kishi.
Yangiliklar lentasi
0