O‘zbekiston Misrda distribyutorlik markazi va savdo uyi ochadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Misr bayroqlari, arxiv surat.
O‘zbekiston va Misr bayroqlari, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi va Misrning "Al-Nasr eksport-import" kompaniyasi o‘rtasida bitim imzolandi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Misrda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning distribyutorlik markazi va savdo uyi ochiladi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi va Misrning "Al-Nasr eksport-import" kompaniyasi vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi va Misrning "Al-Nasr eksport-import" kompaniyasi rahbarlari o‘rtasida Misrda o‘zbek kompaniyalari mahsulotlarining distribyutorlik markazi va savdo uyini ochish bo‘yicha bitim imzolandi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kelishuv ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada mustahkamlash hamda ishbilarmonlar hamkorligini kengaytirishga qaratilgan.

"Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Misr o‘rtasida o‘zbek tovarlari uchun bir yoki bir nechta savdo uylarini ochish, Misrda har ikki tomon uchun maqbul bo‘lgan shartlarda distribyutorlik markazi va ishlab chiqarish kooperatsiyasini tashkil etish orqali o‘zaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha kelishib olindi", — deya qayd etilgan xabarda.

Bundan tashqari, tomonlar o‘rtasida mazkur kelishuvni faol ilgari surish bo‘yicha ishchi guruh tuzildi.
Ushbu savdo va distribyutorlik markazlari orqali Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish rejalashtirilmoqda.
Aytilishicha, O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi delegatsiyasi Misrga boradi va Port Said erkin iqtisodiy zonasida respublika kompaniyalari uchun alohida hudud ajratiladi.
O‘zbekiston va Misr bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2024
Misr kompaniyasi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilmoqchi
Yangiliklar lentasi
0