Misr kompaniyasi o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilmoqchi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston va Misr bayroqlari
O‘zbekiston va Misr bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2024
Obuna bo‘lish
Kompaniya O‘zbekiston bozoriga kirib borishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Misr kompaniyasi O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqish bildirmoqda, deya xabar berdi Dunyo" AA.
O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasida "Arma" kompaniyasining xalqaro hamkorlik menejeri Ahmad Rozza bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Ahmad Rozza kompaniya o‘z mahsulotlarining xorijga eksport ko‘lamini oshirish, yangi bozorlarga chiqish va chet ellik hamkorlar safini kengaytirishga alohida e’tibor qaratayotganini qayd etdi.
Shuningdek, kompaniya Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, birinchi navbatda O‘zbekiston bozoriga kirib borishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
“Kompaniya vakili biznes uchun qulay investitsion muhit, imtiyoz va yengilliklar yaratilgan O‘zbekistonni istiqbolli sherik sifatida ko‘rishi hamda mamlakatimizdagi turdosh kompaniya va ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik o‘rnatishga qiziqishini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Aytilishicha, kelgusida hamkorlikni davom ettirish va O‘zbekistondagi korxonalar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yishda yordam ko‘rsatilishiga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, "Arma" kompaniyasi 1992-yilda tashkil etilgan. U turli xildagi o‘simlik yog‘i, sarog‘ va margarin ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri hisoblanadi. Oziq-ovqat sohasida nufuzli 30 ga yaqin xalqaro va mintaqaviy sifat sertifikatlariga ega.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston Misr bilan islomiy kreditlash masalalarini ko‘rib chiqayotgani ma’lum qilingan edi. Shuningdek, Misrning eng yirik moliya-sanoat korporatsiyasi Hassan Allam Holding Farg‘ona viloyatida toza ichimlik suvi tizimlarini modernizatsiya qilishda ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0