Mirziyoyev Misr Senati raisi bilan uchrashdi — nimalar muhokama qilindi?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Senata Yegipta vo glave s yego predsedatelem Abdulvaxabom Abdulrazikom
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Senata Yegipta vo glave s yego predsedatelem Abdulvaxabom Abdulrazikom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30-may kuni, Misr Arab Respublikasi Senati raisi Abdulvahob Abdulroziq boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Senat raisi O‘zbekiston yetakchisiga Misr prezidenti Abddulfattoh as-Sisining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Misr o‘rtasidagi keng qamrovli sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Senata Yegipta vo glave s yego predsedatelem Abdulvaxabom Abdulrazikom
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Senata Yegipta vo glave s yego predsedatelem Abdulvaxabom Abdulrazikom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2024
Shavkat Mirziyoyev prinyal delegatsiyu Senata Yegipta vo glave s yego predsedatelem Abdulvaxabom Abdulrazikom
Barcha darajadagi muloqot va almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlararo aloqalarni yanada faol rivojlantirish, qonun chiqaruvchi organlarda do‘stlik guruhlarini tuzish, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini ta’minlash, xotin-qizlar huquqlarini ta’minlash va imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha tajriba almashish muhimligi ta’kidlandi.
Xalqaro tuzilmalar, jumladan, Parlamentlararo ittifoq, Qo‘shilmaslik harakati va Arab parlamenti doirasida amaliy hamkorlikni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev 30-may kuni, shuningdek, Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar turizm vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Organizatsii obrazovaniya, nauki i kulturi islamskogo mira (ICESCO) Salima al-Malika
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Organizatsii obrazovaniya, nauki i kulturi islamskogo mira (ICESCO) Salima al-Malika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2024
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Organizatsii obrazovaniya, nauki i kulturi islamskogo mira (ICESCO) Salima al-Malika
Ilm-fan, madaniyat, ta’lim va turizm sohalarida ushbu nufuzli mintaqaviy tuzilma bilan konstruktiv muloqot va samarali hamkorlikni rivojlantirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
ICESCO bosh direktori samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik izhor etib, O‘zbekistonda boy ilmiy va madaniy merosni asrab-avaylash, har tomonlama o‘rganish, saqlash va ommalashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan siyosat natijalarini yuqori baholadi.
O‘zbekiston prezidenti tashkilot bilan o‘zaro manfaatli va jadal hamkorlikning bugungi darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Organizatsii obrazovaniya, nauki i kulturi islamskogo mira (ICESCO) Salima al-Malika
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Organizatsii obrazovaniya, nauki i kulturi islamskogo mira (ICESCO) Salima al-Malika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2024
Shavkat Mirziyoyev prinyal generalnogo direktora Organizatsii obrazovaniya, nauki i kulturi islamskogo mira (ICESCO) Salima al-Malika
2007 yilda Toshkent shahri Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingan, 2020-yilda Buxoro shahri, 2025-yil uchun esa Samarqand shahri ushbu maqomga ega bo‘ldi. Joriy yilda Xiva Islom dunyosining turizm poytaxti hisoblanadi.
Hamkorlikning yangi yo‘nalishlari sifatida qo‘lozmalar va boshqa tarixiy yodgorliklarni saqlash, restavratsiya qilish bo‘yicha tajriba almashish, bu boradagi loyihalarni amalga oshirish, arab tili o‘qituvchilarini tayyorlash va malakasini oshirish, xalqaro ilmiy va madaniy tadbirlarni tashkil etish belgilandi.
Shuningdek, amaliy sheriklikni yanada kengaytirish va qo‘shma loyihalarni ilgari surish maqsadida O‘zbekistonda ICESCOning mintaqaviy vakolatxonasini ochish masalasi o‘rganiladi.
Predsedatel Senata Oliy Majlisa Tanzila Narbayeva provela peregovori s Predsedatelem Senata Parlamenta Arabskoy Respubliki Yegipet Abdulvaxabom Abdulrozikom, kotoriy pribil v nashu stranu s rabochim vizitom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2024
O‘zbekiston Misr bilan qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashadi
Yangiliklar lentasi
0