NATO Ukrainani bema’ni urushni davom ettirishga undamoqda — Peskov

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishDmitriy Peskov, arxivnoe foto
Dmitriy Peskov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2024
Obuna bo‘lish
Peskov: NATO Ukrainani Rossiya bilan bema’ni urushni davom ettirishga undamoqda.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, NATOga a’zo davlatlar Kiyevni Rossiya bilan "ma’nosiz urushni davom ettirishga" undamoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Peskov brifingda G‘arb davlatlari vakillarining Ukraina mojarosining borishi haqidagi bayonotlariga munosabat bildirar ekan "ular Ukrainani bu bema’ni urushni davom ettirish uchun har tomonlama provokatsiya qilmoqdalar", dedi.
Peskovning qayd etishicha, Yevropa Ittifoqidagi barcha davlatlar ham mustaqil bo‘lishga qodir emas.
"Yevropa Ittifoqi munosabatlari tizimida hamma mamlakatlar ham ma’lum darajada mustaqillikka erisha olmaydi", — dedi Peskov jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATOga a’zo davlatlar Rossiya bilan urushni tom ma’noda ham, majoziy ma’noda ham davom ettirish niyatida.

“O‘zlari (NATO davlatlari – tahr.) biz bilan urushni tom ma’noda va majoziy ma’noda davom ettirish niyatida. Bularning barchasi, albatta, muqarrar ravishda o‘z natijasini beradi”, — dedi Rossiya rahbari matbuot kotibi.

U, shuningdek, Ukrainadagi keskinlikni qo‘llab-quvvatlashni tanlagan davlatlar, xususan, NATO davlatlarining manfaatlari katta zarar ko‘rishini ta’kidladi.
“Bularning barchasi, albatta, o‘z oqibatlarini keltirib chiqarishi muqarrar. Bu esa pirovard natijada keskinlikni oshirish yo‘lini tutgan davlatlar manfaatlariga katta zarar yetkazadi”, — deya tushuntirdi Peskov.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov BMT Xavfsizlik kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etdi, arxiv surat. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2024
Hozirda Rossiyaning Ukraina, G‘arb, NATO va YeXHTga munosabati qanday — Lavrov javobi
Yangiliklar lentasi
0