Futzal bo‘yicha JCh: O‘zbekiston musobaqaga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaUzbekistan obigral Kuveyt
Uzbekistan obigral Kuveyt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.05.2024
Obuna bo‘lish
Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar beriladi.
TOShKENT, 29-may — Sputnik. Bu yil Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida futzal bo‘yicha Jahon chempionati yuqori darajada tashkil etiladi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2024-yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionati Andijon, Buxoro hamda Toshkent shaharlarida 2024-yil 14-sentabr – 6-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Unga munosib tayyorgarlik ko‘rish, uni yuqori darajada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida quyidagilar tasdiqlandi:
2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi;
2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi.
Shuningdek, 2024-yil iyun va avgust oylarida Jahon chempionati bosh sovrini – Jahon kubogini ommaga tanishtirish uchun respublika bo‘ylab “Trophy experience” futzal turi marshruti ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi.
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslarni identifikatsiyalovchi va chiptalarni zamonaviy texnologiyalar (QR-kod) yordamida ro‘yxatga oluvchi va tekshiruvchi maxsus onlayn platforma ishlab chiqiladi.
“2024 yil avgust – oktabr oylarida Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Jahon chempionati o‘yinlariga chiptalari mavjud bo‘lgan xorijiy va mahalliy muxlislar uchun temir yo‘l chiptalariga 50 foiz miqdorida chegirmalar joriy qilinadi”, — deyiladi hujjat matnida.
Jahon chempionatida akkreditatsiyadan o‘tgan shaxslar hamda o‘yin kunlari chiptalari mavjud bo‘lgan shaxslar uchun jamoat transport vositalaridan (avtobus, metro) bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha bu yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqada dunyoning eng kuchli 24 jamoasi qatnashadi. Ishtirokchi mamlakatlardan nufuzli mehmonlar, 30 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda.
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2024
Mirziyoyev sport ta’limini rivojlantirish rejalari bilan tanishdi
Yangiliklar lentasi
0