Mirziyoyev sport ta’limini rivojlantirish rejalari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy.
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2024
Obuna bo‘lish
Mutasaddilar sport va madaniy tadbirlar rejalari yuzasidan axborot berdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevga sport ta’limini rivojlantirish va xalqaro musobaqalarni o‘tkazish rejalari bo‘yicha axborot berildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
FIFA qarori bilan futzal bo‘yicha bu yilgi jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkazilishi belgilangan. Musobaqa 14-sentabr – 6-oktabr kunlari Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida tashkil etiladi. Unda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi qatnashadi. Ishtirokchi mamlakatlardan nufuzli mehmonlar, 30 mingdan ziyod muxlislar kelishi kutilmoqda.
Mutasaddilar bu borada ko‘rilayotgan tayyorgarlik ishlari, sport va madaniy tadbirlar rejalari yuzasidan axborot berdi. Chempionatni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Bosh vazir rahbarligida tashkiliy qo‘mita tuzilishi belgilandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy.
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2024
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy.
Poytaxtning Yashnobod tumanida Olimpiya shaharchasi barpo etilmoqda. Kelgusi yil u yerda yoshlar o‘rtasida yozgi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladi. Keyinchalik undan samarali foydalanish maqsadida Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan. Ushbu muassasa huzuriga Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqot instituti hamda Mutaxassislar malakasini oshirish instituti ham o‘tkaziladi. Akademiya tizimida Sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, Axborot kutubxona markazi, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi ochiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, akademiyaga 3 ta bakalavr yo‘nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul boshlanadi. Bitiruvchi talabalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 6-yillik trenerlik malaka sertifikati beriladi. Olimpiya va paralimpiya kollejlaridan seleksiya qilingan bitiruvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi kursga qabul qilinadi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy.
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2024
Prezidentu Shavkatu Mirziyoyevu dolojeno o planax po razvitiyu sportivnogo obrazovaniya i provedeniyu mejdunarodnix sorevnovaniy.
Shundan kelib chiqib, mutasaddilarga kafedralar va o‘quv dasturlarini ilg‘or xorijiy tajribasi asosida tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Sport ta’limidagi yana bir yangilik Kurash mahorat maktablari bo‘ladi.Har bir viloyat markazida Kurash mahorat maktablari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Mahorat maktabida 140 nafar o‘quvchi bo‘ladi, ular 5-11 sinf bolalari orasidan tanlab olinadi.
Taqdimotda Parij olimpiadasiga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha ham hisobot berildi. Terma jamoalar ushbu nufuzli musobaqaga yuqori darajada hozirlik ko‘rmoqda, chet ellarda maqsadli o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey, posvashennoy razvitiyu tajeloy atletiki v strane i futbolnoy infrastrukturi v maxallyax. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2024
Og‘ir atletika va futbol: Mirziyoyevga sport turlarini ommalashtirish rejalari taqdimot qilindi
Yangiliklar lentasi
0