https://oz.sputniknews.uz/20240528/uzbekistan-china-markaziy-osiyo-favqulodda-vaziyatlar-44113253.html
O‘zbekiston Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan favqulodda vaziyatlarni boshqaradi
O‘zbekiston Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan favqulodda vaziyatlarni boshqaradi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tabiiy ofatlarni oldini olishda hamkorlik qiladi.
2024-05-28T15:00+0500
2024-05-28T15:00+0500
2024-05-28T15:00+0500
jamiyat
xitoy
o‘zbekiston
markaziy osiyo
favqulodda holat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik mexanizmini yaratadi, deya xabar berdi "Sinxua".Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati shu oy oxirida Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasida hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaydi.Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Van Manda dushanba kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.Uning aniqlik kiritishicha, memorandum 30-may kuni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni ma’muriy markazi Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadigan Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida imzolanishi kutilmoqda. .Bo‘lajak yig‘ilishda tomonlarning tabiiy ofatlarning oldini olish, zararni kamaytirish va oqibatlarini bartaraf etish, sanoat xavfsizligini nazorat qilish va keng qamrovli avariya-qutqaruv operatsiyalari kabi sohalardagi hamkorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi takliflar ham ilgari suriladi.Bundan tashqari, Van Mandaning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar neft va gaz quvurlaridagi avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.O‘tgan yil may oyida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammitidan so‘ng Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati favqulodda vaziyatlarni boshqarish idoralari tegishli sohada mintaqaviy hamkorlik uchun yangi platforma yaratish va qutqaruv operatsiyalari sohasida transchegaraviy hamkorlikni chuqurlashtirish majburiyatini olishgan.Shu yil davomida “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatida favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik doirasida Xitoy tomoni favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha yuqori darajadagi tahlil markazlari forumlari, sanoat xavfsizligini takomillashtirish bo‘yicha seminarlar va xavfsizlik xatarlarining oldini olish sohasida tajriba almashish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazdi.
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xitoy qozog‘iston qirg‘iziston tojikiston turkmaniston tabiiy ofatlar
o‘zbekiston xitoy qozog‘iston qirg‘iziston tojikiston turkmaniston tabiiy ofatlar
O‘zbekiston Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari bilan favqulodda vaziyatlarni boshqaradi
O‘zbekiston Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan tabiiy ofatlarni oldini olishda hamkorlik qiladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik mexanizmini yaratadi, deya xabar berdi "Sinxua".
Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati shu oy oxirida Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasida favqulodda vaziyatlarni boshqarish sohasida hamkorlik mexanizmini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaydi.
Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Van Manda dushanba kuni Pekinda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning aniqlik kiritishicha, memorandum 30-may kuni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni ma’muriy markazi Urumchi shahrida bo‘lib o‘tadigan Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha vazirlar yig‘ilishida imzolanishi kutilmoqda. .
“Xitoy, Markaziy Osiyoning beshta davlati, ya’ni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda ham tabiiy ofatlar, jumladan zilzilalar, suv toshqini, o‘rmon va dasht yong‘inlari xavfi yuqori”, — dedi Van Manda.
Bo‘lajak yig‘ilishda tomonlarning tabiiy ofatlarning oldini olish, zararni kamaytirish va oqibatlarini bartaraf etish, sanoat xavfsizligini nazorat qilish va keng qamrovli avariya-qutqaruv operatsiyalari kabi sohalardagi hamkorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha yangi takliflar ham ilgari suriladi.
Bundan tashqari, Van Mandaning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar neft va gaz quvurlaridagi avariyalarni bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
O‘tgan yil may oyida bo‘lib o‘tgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” birinchi sammitidan so‘ng Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati favqulodda vaziyatlarni boshqarish idoralari tegishli sohada mintaqaviy hamkorlik uchun yangi platforma yaratish va qutqaruv operatsiyalari sohasida transchegaraviy hamkorlikni chuqurlashtirish majburiyatini olishgan.
Shu yil davomida “Xitoy – Markaziy Osiyo” formatida favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha hamkorlik doirasida Xitoy tomoni favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha yuqori darajadagi tahlil markazlari forumlari, sanoat xavfsizligini takomillashtirish bo‘yicha seminarlar va xavfsizlik xatarlarining oldini olish sohasida tajriba almashish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazdi.