Moskvada O‘zbekiston madaniyati kunlari raqs festivali bilan yakunlandi – video
Moskvada O‘zbekiston madaniyati kunlari raqs festivali bilan yakunlandi – video
Sputnik O‘zbekiston
Moskva davlat lingvistika universitetida O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘zbek raqsi festivali bilan yakunlandi. Bir hafta davomida Moskva aholisi va mehmonlari O‘zbekiston an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishishdi va milliy raqslari va qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishdi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Moskva davlat lingvistika universitetida (MDLU) O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘zbek raqsi festivali bilan yakunlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.Madaniyat kunlari 20-may kuni boshlangan edi. 22, 24-may kunlari Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi majmuasidagi (VDNX) “O‘zbekiston” pavilonida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Asta-asta” qo‘shig‘iga bag‘ishlangan musiqiy kecha va o‘zbek estradasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haqidagi musiqiy film bilan davom etdi.Bir hafta davomida Moskva aholisi va mehmonlari O‘zbekiston an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishishdi va milliy raqslari va qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishdi.O‘zbek raqsi festivali doirasida “Nilufar” ansambli, “Sonata” xalq raqsi ansambli va rossiyalik o‘quvchi qizlar “Tanovar”, “Lazgi”, “Bayot”, “Andijon polkasi” kabi milliy raqslarni qoyilmaqom tarzda ijro etishdi.MDLUdagi O‘zbek tili va madaniyati markazi direktori Beg‘am Qarayevaning so‘zlariga ko‘ra, markaz O‘zbekiston madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan ko‘plab anjuman va tadbirlarni o‘tkazib keladi.O‘zbek tili va madaniyati markazi direktorining ta’kidlashicha, bu kabi tadbirlar Rossiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Qolaversa, o‘zbek tilini o‘rganayotgan rossiyalik talabalarga tilni O‘zbekiston madaniyatiga sho‘ng‘igan holda o‘rganishlariga ko‘maklashadi.Alohida qayd etish kerakki, tadbir boshlovchilari bo‘lgan rossiyalik talabalar kirish so‘zlarini o‘zbekcha boshlashdi va qo‘shiqlar kuylashdi.Moskvadagi madaniyat kunlari O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.
Bir hafta davomida Moskva aholisi va mehmonlari O‘zbekiston madaniyati va san’ati bilan yaqindan tanishishdi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Moskva davlat lingvistika universitetida (MDLU) O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘zbek raqsi festivali bilan yakunlandi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.
Madaniyat kunlari 20-may kuni boshlangan edi. 22, 24-may kunlari Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi majmuasidagi (VDNX) “O‘zbekiston” pavilonida O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning “Asta-asta” qo‘shig‘iga bag‘ishlangan musiqiy kecha va o‘zbek estradasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Botir Zokirov haqidagi musiqiy film bilan davom etdi.
Bir hafta davomida Moskva aholisi va mehmonlari O‘zbekiston an’analari, urf-odatlari bilan yaqindan tanishishdi va milliy raqslari va qo‘shiqlaridan bahramand bo‘lishdi.
O‘zbek raqsi festivali doirasida “Nilufar” ansambli, “Sonata” xalq raqsi ansambli va rossiyalik o‘quvchi qizlar “Tanovar”, “Lazgi”, “Bayot”, “Andijon polkasi” kabi milliy raqslarni qoyilmaqom tarzda ijro etishdi.
MDLUdagi O‘zbek tili va madaniyati markazi direktori Beg‘am Qarayevaning so‘zlariga ko‘ra, markaz O‘zbekiston madaniyati va tarixiga bag‘ishlangan ko‘plab anjuman va tadbirlarni o‘tkazib keladi.
“Bu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarimiz, moskvalik talabalar, umuman olganda, rossiyaliklarni madaniyatimiz va san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish edi. Ular bizning madaniyatimiz, milliy qo‘shiqlarimiz va raqslarimiz haqida ko‘proq bilishlarini istaymiz”, - deydi Qarayeva.
O‘zbek tili va madaniyati markazi direktorining ta’kidlashicha, bu kabi tadbirlar Rossiya va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Qolaversa, o‘zbek tilini o‘rganayotgan rossiyalik talabalarga tilni O‘zbekiston madaniyatiga sho‘ng‘igan holda o‘rganishlariga ko‘maklashadi.
Alohida qayd etish kerakki, tadbir boshlovchilari bo‘lgan rossiyalik talabalar kirish so‘zlarini o‘zbekcha boshlashdi va qo‘shiqlar kuylashdi.
Moskvadagi madaniyat kunlari O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.