https://oz.sputniknews.uz/20240528/oman-uzbekistan-senat-elchi-44106183.html
Senati raisi O‘monning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Senati raisi O‘monning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va O‘mon Sultonligi parlamentlararo muloqotni faollashtiradi.
2024-05-28T10:20+0500
2024-05-28T10:20+0500
2024-05-28T10:39+0500
siyosat
o‘zbekiston
o‘mon
o‘zbekiston oliy majlisi senati
tanzila norboyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1c/44105489_0:203:2048:1355_1920x0_80_0_0_a8cde71f1099127063604b1c2de142da.jpg
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata matbuot xizmati.Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.Tomonlar o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichi ikki davlatning salohiyatini ifoda etmasligini, tadbirkorlar o‘rtasida qo‘shma biznes loyihalarni faollashtirish lozimligini ta’kidlashdi.Uchrashuv yakunida diplomat ikki tomonlama munosabatlarni bundan keyin ham yanada rivojlantirish uchun bor imkoniyat va salohiyatini ishga solishini bildirib o‘tdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240415/ozbekiston-omon-kuvayt-tashqi-ishlar-vazirlik-hamkorlik-43424498.html
o‘zbekiston
o‘mon
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/1c/44105489_130:0:1950:1365_1920x0_80_0_0_748fa17ed114ee3892c375aa09fb89a0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston o‘mon sultonligi parlamentlararo muloqot narbayeva
o‘zbekiston o‘mon sultonligi parlamentlararo muloqot narbayeva
Senati raisi O‘monning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
10:20 28.05.2024 (yangilandi: 10:39 28.05.2024) O‘zbekiston va O‘mon Sultonligi parlamentlararo muloqotni faollashtiradi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva O‘mon Sultonligining O‘zbekistondagi elchisi Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy bilan uchrashdi, deya xabar berdi yuqori palata
matbuot xizmati. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar o‘zaro savdo aylanmasi ko‘rsatkichi ikki davlatning salohiyatini ifoda etmasligini, tadbirkorlar o‘rtasida qo‘shma biznes loyihalarni faollashtirish lozimligini ta’kidlashdi.
“Muloqot davomida fan, ta’lim, madaniyat yo‘nalishlaridagi hamkorlik, mamlakatlarning turizm salohiyatidan yanada kengroq foydalanish bo‘yicha amaliy sa’y-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha fikr almashildi. Suhbat chog‘ida parlamentlararo muloqotni o‘zaro tashriflar orqali faollashtirish, ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari tegishli qo‘mitalari o‘rtasida tajriba almashish va yaqin aloqalarni o‘rnatish muhimligi qayd etildi”, — deyiladi xabarda.
Uchrashuv yakunida diplomat ikki tomonlama munosabatlarni bundan keyin ham yanada rivojlantirish uchun bor imkoniyat va salohiyatini ishga solishini bildirib o‘tdi.