Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish muhokama qilinadi.

Qoraqalpog‘iston va Buratiya hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRukopojatie
Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.05.2024
Obuna bo‘lish
Buratiya rahbari Aleksey Sidenov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi raisi Farhod Ermanov memarandum imzoladi.
TOShKENT, 28-may — Sputnik. Qoraqalpog‘iston va Buratiya hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Bu bo‘yicha tegishli hujjat Toshkentda bo‘lib o‘tgan Rossiya va O‘zbekiston hududlari mintaqalararo hamkorlik forumida imzolandi.

“Buratiya rahbari Aleksey Sidenov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov hukumat va respublikalar Vazirlar Kengashi o‘rtasida doimiy faoliyat yurituvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar”, — deyiladi xabarda.

Hujjatdan ko‘zlangan maqsad tomonlar o‘rtasida ikki tomonlama manfaatli sohalarda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatish va ishbilarmonlik aloqalarini rag‘batlantirishdan iborat.
Qayd etilishicha, memorandum asosida Buratiya va Qoraqalpog‘iston o‘rtasida o‘zaro manfaatli sohalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar tuziladi.
Sidenovning so‘zlariga ko‘ra, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri savdo-sotiqdir, xususan, organik sabzavot va mevalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish, hozirda vositachilar orqali amalga oshirilayotgani o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun ham, Buratiya aholisi uchun ham foydali.
Tomonlar o‘rtasida yengil sanoat: qadoqlash karton mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha ham aloqa nuqtalari mavjud. Ular bugungi kunda Buratiyadan Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlariga yetkazib berilmoqda. To‘qimachilik – O‘zbekiston xomashosini Buratiyada qayta ishlash imkoniyatlari muhokama qilinmoqda.
Oleg Nikolayev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Chuvashiya O‘zbekistonga urug‘lik piyoz va kartoshka yetkazib berishga tayyor
Yangiliklar lentasi
0