Prezident RF V. Putin provel vstrechi na polyax sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26–27 may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatda bo‘ladi. Tashrif davomida ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish muhokama qilinadi.

Putin va Mirziyoyevning shaxsiy munosabatlari juda yaxshi — Peskov

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishRossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov
Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.05.2024
Obuna bo‘lish
Dmitriy Peskov: yetakchilarning norasmiy muloqoti ham muhim.
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy munosabatlari juda yaxshi. Bu haqda Rossiya yetakchisi matbuot kotibi Dmitriy Peskov Birinchi kanal efirida ma’lum qildi.

“Tabiiyki, O‘zbekiston prezidenti bizning prezidentimiz borasida ijobiy fikrda, ularning shaxsiy munosabatlari juda yaxshi”, — dedi Peskov.

U, shuningdek, yetakchilarning norasmiy muloqoti ham muhim ekanini aytib o‘tdi.
“Aynan mana shunday norasmiy muloqot xavfsizlik, ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy hamkorlik va boshqa jihatlarga taalluqli nozik masalalarni muhokama qilish uchun maydonga aylanadi”, — deya qayd etdi u.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26-27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va unda prezidentlar ishtirok etadi.
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2024
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
Putin Toshkentda qanday kutib olindi - foto
Yangiliklar lentasi
0