O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.Toshkent xalqaro aeroportida Putinni Mirziyoyev kutib oldi.Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
2024-05-26T21:14+0500
2024-05-26T21:14+0500
2024-05-27T11:00+0500
vladimir putinning o‘zbekistonga davlat tashrifi - 2024-yil
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.Toshkent xalqaro aeroportida Putinni Mirziyoyev kutib oldi.Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27-may kuni, bo‘lib o‘tadi.Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadilar.
Rossiya rahbarini aeroportda Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi.
Toshkent xalqaro aeroportida Putinni Mirziyoyev kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27-may kuni, bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalarini ko‘rib chiqadilar.
Sammit yakunlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlar to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan. Prezidentlar O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadilar.