O‘zbekiston Rossiyadan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmini 5 mlrd dollargacha oshirmoqchi
15:19 26.05.2024 (yangilandi: 18:07 26.05.2024)
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi arafasida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik natijalari, amalga oshirilayotgan qo‘shma istiqbolli loyihalar va yaqin kelajakda amalga oshiriladigan rejalar taqdim etilgan materiallar e’lon qilindi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyadan investitsiyalarni o‘zlashtirish hajmini 5 mlrd dollargacha oshirmoqchi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning respublikaga davlat tashrifi arafasida e’lon qilingan materiallarda ma’lum qilindi.
Hujjatlarda qayd etilganidek, 2023-yilda Rossiya investitsiyalarining 3 milliard dollarga yaqini o‘zlashtirildi.
“O‘tgan yili 3 milliard dollarga yaqin Rossiya investitsiyalari o‘zlashtirildi, bu yil 5 milliard dollar o‘zlashtirilishi kutilmoqda”, — deyiladi materiallarda.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda 3 mingdan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2023-yilda 700 dan ortiq yangi korxona tashkil etildi.
“2023 yil oxiriga kelib mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi qariyb 10 milliard dollarga yetdi, 2030-yilga borib bu ko‘rsatkichni ikki baravarga oshirish maqsadi qo‘yildi”, — deyiladi materiallarda.
Shu bilan birga, amalga oshirilayotgan ikki tomonlama loyihalar va yaqin kelajak uchun uzoq muddatli rejalar haqida ham ma’lumotlar eslatib o‘tildi.
Xususan, hozirda Rossiya va O‘zbekiston:
respublikada kichik atom reaktorlariga ega stansiyani birgalikda qurish masalalari ustida ishlamoqda, shuningdek, Rossiya loyihasidagi atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha Bosh shartnoma parametrlari ham kelishib olinmoqda;
sanoatdagi yirik loyihalar, jumladan, Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati negizida misni qayta ishlash zavodi qurilishi ustida ishlamoqda;
Buxoro viloyatida gaz-kimyo majmuasi va Tebinbuloq temir rudasi konida metallurgiya klasterini tashkil etish;
2024 yil oxirida Navoiy va Buxoroda yangi sanoat parklarini ishga tushirishni rejalashtirmoqda;
O‘zbekistonda sanoat parklarini tashkil etish bo‘yicha hamkorlikni faol rivojlantirmoqda.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 2022-yil mart oyida ishga tushirilgan “Chirchiq” kimyo-texnoparki muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgani ta’kidlandi. 2023yil mart oyida Jizzax texnoparki ochildi.
“Kelgusida O‘zbekistonning boshqa hududlarida – Navoiy va Buxoro shaharlarida ham sanoat parklari ochilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi materiallarda.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya rahbari 26-27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu Vladimir Putinning prezident etib qayta saylanganidan keyin Markaziy Osiyoga ilk tashrifidir.