O‘zbekiston va Rossiyaning yillar davomidagi hamkorligi — infografika

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 26-27 may kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Sputnik O‘zbekiston ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘rsatkichlarini tahlil qildi.
O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar rivojidagi ijobiy dinamikani savdo aylanmasining o‘sishi ham ko‘rsatmoqda. Joriy yilning 4 oyi davomida u 3,844 mlrd dollarga yetdi.
Bugungi kunda respublikada Rossiya bilan tashkil etilgan 3 mingdan ortiq qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinadigan asosiy tovarlari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, to‘qimachilik mahsulotlari, paxta, sanoat mahsulotlaridir.
Ta’lim sohasidagi hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Rossiya oliy o‘quv yurtlarida 50 mingdan ortiq o‘zbekistonlik, Rossiya oliy o‘quv yurtlarining O‘zbekistondagi filiallarida 8 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda.
O‘zbekistonda jami 14 ta Rossiya oliy o‘quv yurtlarining filiallari mavjud.
Batafsil Sputnik O‘zbekiston infografikasida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0