https://oz.sputniknews.uz/20240526/russia-savdo-kompaniya-fargona-ofis-44043662.html
Rossiyaning eng yirik savdo kompaniyasi Farg‘onada o‘z ofisini ochadi
Rossiyaning eng yirik savdo kompaniyasi Farg‘onada o‘z ofisini ochadi
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona viloyati, Boshqirdiston respublikasi hamda Sverdlovsk viloyati o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi.
2024-05-26T09:21+0500
2024-05-26T09:21+0500
2024-05-26T09:22+0500
iqtisod
o‘zbekiston
farg‘ona
rossiya
tadbirkor
qishloq xo‘jaligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27387414_0:191:3059:1912_1920x0_80_0_0_f16b86b1d78fd1de3f461d1fe4f53848.jpg
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Boshqirdiston respublikasi hamda Sverdlovsk viloyatiga amaliy tashrifi davomida imzolangan investitsion kelishuvlar va savdo shartnomalarining umumiy qiymati 562 mln dollardan oshdi. Bu haqida viloyat hokimligi xabar berdi.Qayd etilishicha, imzolangan hujjatlar viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi hamda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berish, qo‘shma agrologistika markazlari barpo etish, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.Shuningdek, tashrif davomida erishilgan kelishuvlar orasida viloyat tadbirkorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda chorvachilik loyihalarini amalga oshirish uchun Boshqirdiston hududidan 10 ming gektargacha yer maydoni ajratiladi.Shuningdek, viloyat delegatsiyasi a’zolari Yekaterinburg shahridagi Yuksak texnologiyalar texnoparkidagi Sverdlovsk korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan pilotsiz uchish apparatlari, revers muhandislik, suv tozalash hamda ximiya sanoati uchun yangi ishlanmalar bilan tanishishdi. Tomonlar Farg‘ona viloyatidagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hamda kichik sanoat zonalarida hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilib, birgalikda ish tashkil etishga kelishib olishdi.
https://oz.sputniknews.uz/20240525/ozbekiston-va-rossiyaning-yillar-davomidagi-hamkorligi-infografika-44041913.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27387414_328:0:3059:2048_1920x0_80_0_0_76750b77959f901a7852eb438a622661.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
farg‘ona viloyati boshqirdiston respublikasi sverdlovsk viloyati hamkorlik sima-lend
farg‘ona viloyati boshqirdiston respublikasi sverdlovsk viloyati hamkorlik sima-lend
Rossiyaning eng yirik savdo kompaniyasi Farg‘onada o‘z ofisini ochadi
09:21 26.05.2024 (yangilandi: 09:22 26.05.2024) Farg‘ona viloyati, Boshqirdiston respublikasi hamda Sverdlovsk viloyati o‘rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Farg‘ona viloyati delegatsiyasining Boshqirdiston respublikasi hamda Sverdlovsk viloyatiga amaliy tashrifi davomida imzolangan investitsion kelishuvlar va savdo shartnomalarining umumiy qiymati 562 mln dollardan oshdi. Bu haqida viloyat hokimligi
xabar berdi. “Bulardan 17 tasi qiymati 335 mln dollarlik investitsiya kelishuvlari bo‘lsa, qiymati 226,8 mln. dollarlik 35 ta savdo shartnomasi shakllantirildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, imzolangan hujjatlar viloyatda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi hamda ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarini Rossiya bozoriga yetkazib berish, qo‘shma agrologistika markazlari barpo etish, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasida investitsion loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Shuningdek, tashrif davomida erishilgan kelishuvlar orasida viloyat tadbirkorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hamda chorvachilik loyihalarini amalga oshirish uchun Boshqirdiston hududidan 10 ming gektargacha yer maydoni ajratiladi.
"Farg‘onada ishlab chiqarilgan mahsulotlarning Rossiyaning eng yirik savdo kompaniyasi – Sima-Lend platformasi orqali keng sotuvi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur kompaniya Farg‘onada o‘z ofisini ochadi", — deya qo‘shimcha qilingan xabarda.
Shuningdek, viloyat delegatsiyasi a’zolari Yekaterinburg shahridagi Yuksak texnologiyalar texnoparkidagi Sverdlovsk korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan pilotsiz uchish apparatlari, revers muhandislik, suv tozalash hamda ximiya sanoati uchun yangi ishlanmalar bilan tanishishdi.
Tomonlar Farg‘ona viloyatidagi “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hamda kichik sanoat zonalarida hamkorlikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilib, birgalikda ish tashkil etishga kelishib olishdi.