https://oz.sputniknews.uz/20240523/uzbekistan-charm-poyabzal-sanoat-klaster-44006154.html
O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi
O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi
Sputnik O‘zbekiston
Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.
2024-05-23T12:34+0500
2024-05-23T12:34+0500
2024-05-23T12:34+0500
o‘zbekiston
yangi qaror
poyabzal
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_0:67:1281:787_1920x0_80_0_0_a3f74fe9e9281fba0589d90eb3397080.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.Prezident “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.Unga ko‘ra, Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida quyidagi miqdorni kompensatsiya qilib beradi:Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.Sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240222/ozbekiston-poyabzal-texnopark-rossiya-42626366.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/785/58/7855873_70:0:1209:854_1920x0_80_0_0_fba7af1de8b0cc694ef925cae4984357.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
charm-poyabzal sanoati klaster
charm-poyabzal sanoati klaster
O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi
Prezident charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqishga oid qaror imzoladi.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi. Bu haqda prezident tomonidan qabul qilingan qarorda
nazarda tutilgan. Prezident “Charm-poyabzal, ipakchilik va gilamchilik tarmoqlarini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, Sharof Rashidov va Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal kichik sanoat zonasi hududini kengaytirish orqali, charmni chuqur qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi.
“Sanoat zonalari hududida quriladigan ishlab chiqarish bino-inshootlari tadbirkorlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 7-yilgacha muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan yoki ijara asosida beriladi”, — deyiladi hujjat matnida.
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ poyabzal va charm-attorlik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish maqsadida quyidagi miqdorni kompensatsiya qilib beradi:
xorijiy valyutada ajratiladigan kreditlarning 3 million dollardan ortiq bo‘lmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining 6 foiz banddan yuqori qismi, biroq 5 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.
Xorijiy brendlarni jalb qilgan poyabzal va charm-attorlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga “sorsing” kompaniyalari uchun sarflangan xarajatning 30 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.
Sanoat zonalarida tashkil etiladigan korxonalar mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod etiladi.