O‘zbekiston Rossiya tajribasi asosida charm-poyabzal sohasida texnopark ochishi mumkin

© Foto : "Uzcharmsanoat"V Uzbekistane namereni vnedrit opit RF v sozdanii texnoparka v obuvnoy otrasli
V Uzbekistane namereni vnedrit opit RF v sozdanii texnoparka v obuvnoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
Obuna bo‘lish
Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan texnopark charm sanoat sohasidagi korxonalarga mahsulotlar sifatini sinovdan o‘tkazishga yordam beradi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi mutaxassislari charm-poyabzal sanoatida innovatsion texnopark yaratish bo‘yicha Rossiya tajribasini joriy etish niyatida. Bu haqda uyushma matbuot xizmati xabar berdi.
Moskvada bo‘lib o‘tayotgan “Fashion Style Russia" xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi delegatsiyasi turli idora va birlashmalar, tadqiqot markazlari bilan muloqot va muzokaralar o‘tkazmoqda.
Uyushma vakillari Rossiyaning to‘qimachilik va yengil sanoat innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish markaziga tashrif buyurishdi. Markazning O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatida innovatsion texnoparkni tashkil etish tajribasi o‘rganildi.
Uchrashuvda hamkorlikda charm sanoati sohasida laboratoriya sinovlarini o‘tkazish va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Muloqotda mamlakatimizda mavjud bo‘lmagan o‘lchashlarni joriy etishda amaliy va uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.

Tashkil etilishi rejalashtirilayotgan texnopark charm sanoat sohasidagi korxonalarga mahsulotlar sifatini sinovdan o‘tkazishga yordam beradi. Yangi modellarni yaratishda innovatsion ishlanmalarni taqdim etadi. Mutaxassislar malkasini oshirish, ilmiy tadiqoqtlar o‘tkazishga ko‘maklashish bilan shug‘ullanadi.
© Foto : "Uzcharmsanoat"V Uzbekistane namereni vnedrit opit RF v sozdanii texnoparka v obuvnoy otrasli
V Uzbekistane namereni vnedrit opit RF v sozdanii texnoparka v obuvnoy otrasli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2024
Shuningdek, poyabzal uchun yelimlar va PU ishlab chiqaruvchi Rossiyaning "Shtark Chemicals" korxonasi bilan muzokara o‘tkazildi. Unda xozirda O‘zbekistonga kirib kelayotgan ayrim turdagi yelim xom ashyosini yetkazib berish borasida dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Dostijeniya uzbekskoy kojevennoy otrasli demonstriruyutsya v Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.02.2024
Charm sanoati: o‘zbekistonlik tadbirkorlar Rossiya kompaniyalari bilan hamkorlik o‘rnatdi
Yangiliklar lentasi
0