Mirziyoyev Eron elchixonasiga borib, hamdardlik kitobiga taskin so‘zlarini yozdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan halok bo‘lgani munosabati bilan Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islom Respublikasining elchixonasiga tashrif buyurdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Mirziyoyev mamlakat shimolida vertolot qulashi oqibatida prezident Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslar fojiali halok bo‘lgani munosabati bilan do‘st Eron xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Prezident Respubliki Uzbekistan posetil posolstvo Irana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
O‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

"Davlat rahbari diplomatik vakolatxonada ochilgan Hamdardlik kitobiga samimiy ta’ziya va taskin so‘zlarini yozib qoldirdi", — deyiladi xabarda.

Mirziyoyev elchi Muhammadali Iskandariy bilan suhbatlashdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Prezident Respubliki Uzbekistan posetil posolstvo Irana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
O‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
"O‘zbekiston yetakchisi prezident Ibrohim Raisiy yetuk davlat arbobi va siyosatchi bo‘lgani, Eronning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, aholi farovonligini oshirishga hamda mamlakatning xalqaro obro‘sini mustahkamlashga, shuningdek, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro manfaatli ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi", — deya qayd etilgan xabarda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaO‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Prezident Respubliki Uzbekistan posetil posolstvo Irana v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.05.2024
O‘zbekiston prezidenti Eronning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
Eslatib o‘tamiz, kecha O‘zbekiston prezidenti Eronning Oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xomaneiyga hamdardlik maktubi yo‘llagan edi.
Putin Raisiy o‘limini Eron xalqi uchun katta fojia deb atadi
Ma’lumot uchun, 19-may kuni Eron prezidenti bo‘lgan vertolot halokatga uchradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u Eronning Sharqiy Ozarbayjon viloyatidagi Verzegan viloyatiga qattiq qo‘ngan. Favqulodda holat o‘rmonlar ichida joylashgan Uzi qishlog‘i hududida sodir bo‘lgan. Qidiruv operatsiyasiga 40 ta tezkor guruh jalb etilgan, qidiruv ishlari qalin tuman tufayli murakkablashgan. 20-may kuni qutqaruvchilar uzoq urinishlardan so‘ng vertolot qulagan joyga yetib bordi.
Qayd etilishicha, prezident vertoloti butunlay yonib ketgan holda topildi. Eron Qizil yarim oy jamiyati rahbariga ko‘ra, prezident vertolotidagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi. "Tasnim" agentligi xabar berishicha, prezident kortejida uchta vertolot bo‘lgan. Halokat bortida respublika tashqi ishlar vazirligi rahbari Husayn Amir Abdullohiyon va Sharqiy Ozarbayjon gubernatori Malik Rahmati ham bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0