Lavrov: Putin va Si Szinpin Xitoyning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qildi

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin pribil v Kitay s ofitsialnim vizitom
Prezident RF Vladimir Putin pribil v Kitay s ofitsialnim vizitom  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2024
Obuna bo‘lish
Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arb bilan muloqotga, jumladan, xavfsizlik va strategik barqarorlik masalalari bo‘yicha hamon ochiq.
TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpin muzokaralar chog‘ida Pekinning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusini muhokama qilishdi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Tashqi va mudofaa siyosati bo‘yicha kengashning XXXII assambleyasida.
“Rais Si Szinpinning global xavfsizlik bo‘yicha tashabbusi Xitoyga tashrifimiz chog‘ida delegatsiyalar doirasidagi uchrashuvlarda ham, yetakchilarning kichik tarkibdagi yakkama-yakka uchrashuvida ham muhokama qilindi”, - dedi u.
Vazirning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arb bilan muloqotga, jumladan, xavfsizlik va strategik barqarorlik masalalari bo‘yicha hamon ochiq.
“Ammo, birinchidan, kuchli pozitsiyadan emas, balki faqat teng sharoitlarda va bir-birining manfaatlarini hurmat qilgan holda”, - deya ta’kidladi Lavrov.
Unga ko‘ra, Rossiya uchun ikkinchi muhim jihat shuki, muloqot bugungi dunyoda strategik barqarorlik va harbiy-siyosiy landshaft sohasida mavjud bo‘lgan muammolar doirasida to‘liq miqyosda olib borilishi kerak.
Putin 16-17 may kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyga bordi. Pekinda u Si Szinpin bilan muzokaralar olib bordi, shundan so‘ng tomonlar qo‘shma bayonotni imzoladi. Rossiya rahbariga ko‘ra, Moskva va Pekin mustaqil tashqi siyosat olib bormoqda va yanada adolatli va demokratik ko‘p qutbli dunyo tartibini shakllantirish yo‘lida hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, u xitoylik hamkasbiga Ukraina inqirozini hal qilish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi.
Si Szinpin, o‘z navbatida, Rossiya va Xitoy BMTning markaziy roli bo‘lgan xalqaro munosabatlar tizimini va xalqaro huquqqa asoslangan jahon tartibini qat’iy himoya qilishini, ko‘p qutbli dunyo va iqtisodiy globallashuvga yordam berishini ta’kidladi.
Vistuplenie Putina pered studentami Xarbinskogo politexnicheskogo universiteta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2024
O‘z kasbini sevish, jamoa bo‘lib ishlash — Putin Xitoy talabalariga nima dedi
Yangiliklar lentasi
0