O‘z kasbini sevish, jamoa bo‘lib ishlash — Putin Xitoy talabalariga nima dedi

Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti xitoylik talabalar bilan uchrashuvda hozirgi zamonda muvaffaqiyatga erishish sirlarini aytdi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. Jamoada ishlash qobiliyati va o‘z ishiga muhabbat muvaffaqiyat va ko‘zlangan natijaga erishish garovidir, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xarbin politexnika universiteti talabalari va o‘qituvchilari bilan uchrashuvda.

"Har qanday faoliyat turida natijaga erishish uchun, eng avvalo, qilayotgan ishingni sevishing kerak. Agar sevsang, albatta, kechayu kunduz qilayotgan ishingning har bir tafsilotini o‘ylab ko‘rasan. Uyg‘onganingda o‘ylaysan, uyquga ketishdan oldin o‘ylaysan va bu sizni albatta to‘g‘ri yechimlar topishga olib keladi", - dedi Rossiya prezidenti xitoylik talabalarga.

Prezident jamoada ishlash qobiliyati kabi mahoratni alohida ta’kidladi, bu esa bugungi dunyoda, ayniqsa, fan, ta’lim va iqtisodiyotda maqsadlarga erishishda raqobatdosh ustunliklarni yaratish imkonini beradi.

“Xalqaro jamoalarda ishlash qobiliyati, masalan Rossiya-Xitoy hamkorligida, jumladan, ta’lim, fan, texnologiya sohasida ham — kelajakka e’tibor qaratgan yoshlarning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Kelajak haqida o‘ylang, uni ustida ishlang, albatta, o‘z sa’y-harakatlaringizni birlashtiring. Rossiya va Xitoy birgalikda ko‘p narsaga erishishlari mumkin, ular bu yo‘lda allaqachon juda ko‘p ishlarni amalga oshirdilar", - deya ta’kidladi Rossiya prezidenti.

Yana bir muhim qoidaga amal qilish juda muhim, siz kimnidir mag‘lub etish haqida o‘ylamang, balki o‘zingizni qanday qilib yaxshiroq bo‘lish haqida o‘ylang. Ana shunda kelajak siznikidir, sizlarga muvaffaqiyat tilayman, dedi Putin.
Yangiliklar lentasi
0