https://oz.sputniknews.uz/20240515/zargarlik-qimmatbaho-tosh-soliq-43879682.html
Endi zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirishda soliq to‘lanmaydi
Endi zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirishda soliq to‘lanmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Soliq kodeksi va "Turizm to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi.
2024-05-15T12:13+0500
2024-05-15T12:13+0500
2024-05-15T12:15+0500
o‘zbekiston
zargarlik buyumlari
qonun
soliq
bolalar
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1f/15906365_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_c2f649c06f8df3ed4d81918f1e9fa361.jpg
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi. Bu haqda prezident qaroriga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarda nazarda tutilgan.Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishShuningdek, Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi.“Turizm to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirishKasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinmoqda. Uni zargar tadbirkorlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga ruxsat berilgan.Endi O‘zbekistonning kurort zonalarida zargarlik mahsulotlari va oltin quymalar sotiladi
https://oz.sputniknews.uz/20240226/qimmatbaho-metallar-sotib-olish-tartib-42659629.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/01/1f/15906365_340:0:1780:1080_1920x0_80_0_0_11784790f26a3daf635678d2810492bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘rq-926-sonli qonun zargarlik qimmatbaho toshlar soliq kodeksi "turizm to‘g‘risida”gi qonun
o‘rq-926-sonli qonun zargarlik qimmatbaho toshlar soliq kodeksi "turizm to‘g‘risida”gi qonun
Endi zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirishda soliq to‘lanmaydi
12:13 15.05.2024 (yangilandi: 12:15 15.05.2024) Soliq kodeksi va "Turizm to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. Zargarlik uchun qimmatbaho toshlarni olib kirish soliqdan ozod qilindi. Bu haqda prezident qaroriga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarda
nazarda tutilgan. Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-926-son, 13.05.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish
“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvargacha ozod qilinadi”, — deyiladi hujjat matnida.
Shuningdek, Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvargacha foyda solig‘idan ozod qilinadi.
“Turizm to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan o‘zgartirish
Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylari va dam olish zonalari joylashtirish vositalari sifatida majburiy sertifikatlashtirishdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda yiliga 100 tonna oltin qazib olinmoqda. Uni zargar tadbirkorlarga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishga
ruxsat berilgan.