Qimmatbaho metallarni sotib olish tartibiga qo‘shimchalar kiritildi — tafsilotlar

© Sputnik/Anna Jelixovskaya V Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka
 V Tashkente otkrilas pervaya mejdunarodnaya yuvelirnaya vistavka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2024
Obuna bo‘lish
Qimmatbaho metallarni sotib olishda chegirmalar qo‘llash tartibi yanada takomillashtirildi.
TOShKENT, 26 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan qimmatbaho metallarni sotib olish tartibiga qo‘shimchalar kiritildi.
“Zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qaroriga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qimmatbaho metallarni kechiktirib to‘lash sharti bilan sotib olish imkoniyatidan foydalanilgan har bir kun uchun foizlar hisoblash tartibi joriy qilindi.
Hususan:
30 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – foiz hisoblamaslik;
31-kundan 180 kun ichida amalga oshirilgan to‘lovlar qismiga – Markaziy bank asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblash belgilandi.
Endi O‘zbekistonning kurort zonalarida zargarlik mahsulotlari va oltin quymalar sotiladi
Shuningdek, “Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va mahalliy zargarlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qaroriga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, qimmatbaho metallarni birja savdolarida chegirmalar qo‘llagan holda sotib oluvchi tadbirkorlarga qo‘yiladigan mezonlarni belgilashda tegishli tartib joriy qilindi.
Xususan:
yaratilgan ish o‘rinlarining kamida 70 foizini zargarlik buyumlari va qimmatbaho metall buyumlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ishchilar kasblarini tashkil etish;
yaratilgan ish o‘rinlariga ishga qabul qilingan xodimlarga kamida 6 oy davomida ish haqi hisoblanishi va ushbu holat soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi;
tadbirkorlik subyektlari zarur moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnika vositalari, ishlab chiqarish maydonlari hamda sharoitlarga ega bo‘lishi.
Yuvelirnie izdeliya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.10.2023
Endi zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqish mumkin
Yangiliklar lentasi
0