https://oz.sputniknews.uz/20240514/uzbekistan-xotin-qizlar-mirziyoev-43864844.html
O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga ko‘tarildi — Mirziyoyev
O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga ko‘tarildi — Mirziyoyev
Sputnik O‘zbekiston
Yetti yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi.
2024-05-14T12:13+0500
2024-05-14T12:13+0500
2024-05-14T12:13+0500
jamiyat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
xotin-qizlar
ayollar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/07/32720803_0:0:1281:721_1920x0_80_0_0_dc35fc1364bc5cdf429a2c4b29acc99d.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ma’lum qilindi.Tabrik matnida qayd etilishicha, O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi faolligini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish va do‘stona hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.Ta’kidlanishicha, so‘nggi 7-yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining 25 foizi ayollardan iborat. Bugun har bir mahallada ham ularning o‘z vakillari bor.Qayd etilishicha, Jahon banki indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etilgan.Ochiq gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta davlat qatoridan joy olgan.Eslatib o‘tamiz, 13-14 may kunlari Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20240513/tanzila-narbaeva-samarkand-forum-43848404.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/07/32720803_69:0:1206:853_1920x0_80_0_0_f1870d5413ff10e9fa869bde852011cc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston xotin-qizlar davlat boshqaruvi
o‘zbekiston xotin-qizlar davlat boshqaruvi
O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 35 foizga ko‘tarildi — Mirziyoyev
Yetti yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Osiyo xotin-qizlari forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida
ma’lum qilindi. Tabrik matnida qayd etilishicha, O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi faolligini yanada oshirish, o‘zaro tajriba almashish va do‘stona hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi.
“Bugungi anjuman natijasida qabul qilinadigan Samarqand deklaratsiyasi asosida kelgusida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining “Osiyo xotin-qizlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy va madaniy-gumanitar faolligini oshirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasining qabul qilinishi barchamizning bu boradagi ezgu intilishlarimizning yorqin amaliy ifodasi bo‘ladi”, — deya qayd etgan prezident tabrikda.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi 7-yilda O‘zbekistonda xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi 27 foizdan 35 foizga ko‘tarildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senat a’zolarining 25 foizi ayollardan iborat. Bugun har bir mahallada ham ularning o‘z vakillari bor.
“Ishbilarmon ayollar safi ikki barobar kengayib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan ayollar soni 205 mingdan oshdi. Yuz minglab ayollar kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitildi. Salkam yarim million nafar singillarimiz ish bilan ta’minlandi. Hozirgi kunda oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarning yarmidan ziyodini qizlar tashkil etmoqda”, — deyiladi tabrik matnida.
Qayd etilishicha, Jahon banki indeksida O‘zbekiston gender tenglik sohasida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan 5 ta mamlakat qatorida qayd etilgan.Ochiq gender ma’lumotlar indeksida eng yaxshi 20 ta davlat qatoridan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, 13-14 may kunlari Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.