https://oz.sputniknews.uz/20240513/tanzila-narbaeva-samarkand-forum-43848404.html
Tanzila Narbayeva Samarqanddagi xalqaro forumda muzokaralar o‘tkazdi
Tanzila Narbayeva Samarqanddagi xalqaro forumda muzokaralar o‘tkazdi
Sputnik O‘zbekiston
Senat raisi “BMT Ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori va Ozarbayjon respublikasi Milliy Mejlis raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2024-05-13T09:38+0500
2024-05-13T09:38+0500
2024-05-13T10:20+0500
siyosat
o‘zbekiston
samarqand
forum
o‘zbekiston oliy majlisi senati
bmt
markaziy osiyo
ayollar
ayollar huquqlari himoyasi
ayollar huquqlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0d/43848743_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_d809e357991705d323d8d1e8c4d16f16.jpg
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Samarqandda o‘tkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumida “BMT Ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke bilan muzokara o‘tkazdi.Muloqot chog‘ida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi bilan Tuzilma o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, gender budjetlashtirish, gender statistikasi hamda gender audit yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha fikr almashildi.Qayd etilishicha, munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish, unda aniq yo‘nalishlarni belgilashga kelishib olindi.Shuningdek, Tanzila Narbayeva Ozarbayjon respublikasi Milliy Mejlis raisi Sahiba Gafarova bilan ham uchrashdi.Unda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni huquqiy jihatdan ta’minlash bo‘yicha parlamentlarning o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.Tomonlar xalqaro tashkilotlar va parlamentlararo tuzilmalar doirasida aloqalarni yanada mustahkamlash va bir-birini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.Shuningdek, Sahiba Gafarova O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilayotgan Osiyo xotin-qizlar forumi ayollarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim maydon bo‘lishini aytib o‘tdi.Ma’lumotga ko‘ra, Osiyo qit’asida 4,82 mlrd kishi yashaydi, bu dunyo aholisining 60 foizdan ortig‘i deganidir. Shuningdek, qit’a umumiy aholisining 2,3 milliardi yoki qariyb 49 foizini ayollar tashkil etadi. Forumda aynan ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.Eslatib o‘tamiz, 13-14 may kunlari Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/05/0d/43848743_214:153:1148:853_1920x0_80_0_0_4f23f9f2e59caa6905a93f8fddf9e1b8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
“bmt ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori ozarbayjon respublikasi milliy mejlis raisi tanzila narbayeva samarqand belen sans luke sahiba gafarova
“bmt ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori ozarbayjon respublikasi milliy mejlis raisi tanzila narbayeva samarqand belen sans luke sahiba gafarova
Tanzila Narbayeva Samarqanddagi xalqaro forumda muzokaralar o‘tkazdi
09:38 13.05.2024 (yangilandi: 10:20 13.05.2024) Senat raisi “BMT Ayollar” tuzilmasining mintaqaviy direktori va Ozarbayjon respublikasi Milliy Mejlis raisi bilan muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 13-may — Sputnik. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Samarqandda o‘tkazilayotgan Osiyo xotin-qizlari forumida “BMT Ayollar” tuzilmasining Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Belen Sans Luke bilan muzokara o‘tkazdi.
“Keyingi yillarda gender tenglik, xotin-qizlarning huquqlarini ta’minlash, imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishida “BMT Ayollar” tuzilmasi bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqdi”,— deyiladi yuqori palata xabarida.
Muloqot chog‘ida Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi bilan Tuzilma o‘rtasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, gender budjetlashtirish, gender statistikasi hamda gender audit yo‘nalishlarida o‘zaro tajriba almashish, ilg‘or amaliyotlarni joriy qilish bo‘yicha fikr almashildi.
Qayd etilishicha, munosabatlarni yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlik bo‘yicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish, unda aniq yo‘nalishlarni belgilashga kelishib olindi.
Shuningdek, Tanzila Narbayeva Ozarbayjon respublikasi Milliy Mejlis raisi Sahiba Gafarova bilan ham uchrashdi.
Unda savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni huquqiy jihatdan ta’minlash bo‘yicha parlamentlarning o‘zaro hamkorligiga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar va parlamentlararo tuzilmalar doirasida aloqalarni yanada mustahkamlash va bir-birini qo‘llab-quvvatlashdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Shuningdek, Sahiba Gafarova O‘zbekiston tashabbusi bilan ilk marotaba tashkil etilayotgan Osiyo xotin-qizlar forumi ayollarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim maydon bo‘lishini aytib o‘tdi.
“Tomonlar ikki davlat tadbirkor ayollari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirishga, yosh parlamentariylar muloqotini yanada jadallashtirishga kelishib oldi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumotga ko‘ra, Osiyo qit’asida 4,82 mlrd kishi yashaydi, bu dunyo aholisining 60 foizdan ortig‘i deganidir. Shuningdek, qit’a umumiy aholisining 2,3 milliardi yoki qariyb 49 foizini ayollar tashkil etadi. Forumda aynan ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, 13-14 may kunlari Samarqandda "Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusida Osiyo xotin-qizlari forumi bo‘lib o‘tadi.