https://oz.sputniknews.uz/20240514/qayta-tiklanuvchi-energiya-energetika-vazir-43867077.html
Yil oxirigacha qayta tiklanuvchi energiya ulushi 18% ga yetkaziladi — energetika vaziri
Yil oxirigacha qayta tiklanuvchi energiya ulushi 18% ga yetkaziladi — energetika vaziri
Sputnik O‘zbekiston
May oyida O‘zbekiston Tojikistonni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga ulaydi.
2024-05-14T15:15+0500
2024-05-14T15:15+0500
2024-05-14T15:15+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
energetika vazirligi
energetika
jo‘rabek mirzamahmudov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1188/43/11884305_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_4cb7066feee3aba3964972e42567295b.jpg
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 18 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkentda o‘tayotgan Energetika forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib, O‘zbekiston energiya aralashmasidagi qayta tiklanuvchi energiya ulushi 40% ga yetkaziladi.Shuningdek, may oyida O‘zbekiston Tojikistonni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga ulaydi.Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi 1960-yillar boshidan to‘rtta davlat – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonning unga tutash besh viloyati hududida shakllana boshlagan. Bir paytlar Tojikiston o‘z shartlarini bir necha bor buzgani uchun parallel ishlardan ajratilgan.Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda energetika haftaligi o‘z ishini boshladi. Mazkur haftalikda 29 ta davlatdan 450 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga oid zamonaviy uskunalari va texnologiyalaridan namunalar namoyish etiladi.Bugun forumni yalpi sessiya ochib berdi. Unda ikkita muhim tadbir — 26-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” anjumani hamda 4-Xalqaro energetika anjumani boshlandi.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov 2030-yilga borib O‘zbekistonda 20 gigavatt qayta tiklanadigan energiya quvvati yaratilib, uning energiya balansidagi ulushi 40 foizga yetkazilishini ma’lum qilgandi.
https://oz.sputniknews.uz/20231213/iqtisodiyot-yashillashtirish-ozbekiston-jahon-banki-tadqiqot-41546192.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1188/43/11884305_224:0:2955:2048_1920x0_80_0_0_9aa4f1b3c46b7affafad4862bbab652e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston tojikiston markaziy osiyo yagona energetika tizimi qayta tiklanuvchi energiya
o‘zbekiston tojikiston markaziy osiyo yagona energetika tizimi qayta tiklanuvchi energiya
Yil oxirigacha qayta tiklanuvchi energiya ulushi 18% ga yetkaziladi — energetika vaziri
May oyida O‘zbekiston Tojikistonni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga ulaydi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. O‘zbekiston qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 18 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Toshkentda o‘tayotgan Energetika forumida ma’lum qildi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
“O‘zbekiston 2024-yil oxiriga qadar mamlakat energetika tizimida qayta tiklanadigan energiya manbalarining ulushini 18 foizga yetkazishni rejalashtirmoqda”, — dedi Jo‘rabek Mirzamahmudov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030-yilga kelib, O‘zbekiston energiya aralashmasidagi qayta tiklanuvchi energiya ulushi 40% ga yetkaziladi.
“Qayta tiklanadigan energiya deganda, biz faqat quyosh va shamolni hisobga olamiz. Hozir Qozog‘iston, Ozarbayjon bilan Markaziy Osiyo mintaqasining salohiyatidan foydalangan holda yashil energiyani suv osti kabeli orqali Yevropaga, Vengriyaga, Ruminiyaga va Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlariga olib chiqishni muhokama qilmoqdamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Shuningdek, may oyida O‘zbekiston Tojikistonni Markaziy Osiyo yagona energetika tizimiga ulaydi.
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoning yagona energetika tizimi 1960-yillar boshidan to‘rtta davlat – O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Janubiy Qozog‘istonning unga tutash besh viloyati hududida shakllana boshlagan. Bir paytlar Tojikiston o‘z shartlarini bir necha bor buzgani uchun parallel ishlardan ajratilgan.
Ma’lumot uchun, bugun Toshkentda energetika haftaligi o‘z ishini boshladi. Mazkur haftalikda 29 ta davlatdan 450 ta ishlab chiqaruvchi kompaniyaning yoqilg‘i-energetika tarmog‘iga oid zamonaviy uskunalari va texnologiyalaridan namunalar namoyish etiladi.
Bugun forumni yalpi sessiya ochib berdi. Unda ikkita muhim tadbir — 26-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2024” anjumani hamda 4-Xalqaro energetika anjumani boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston energetika vaziri o‘rinbosari Umid Mamadaminov 2030-yilga borib O‘zbekistonda 20 gigavatt qayta tiklanadigan energiya quvvati yaratilib, uning energiya balansidagi ulushi 40 foizga yetkazilishini
ma’lum qilgandi.