Boshqirdiston uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilish oson — Radiy Xabirov
© Sputnik / Maksim Blinov
/ Obuna bo‘lish
Radiy Xabirovning fikricha, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik keng imkoniyatlarni ochib beradi.
TOShKENT, 14-may — Sputnik. Boshqirdiston hukumati uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilish oson. Bu haqda Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov Ufada o‘tkazilayotgan "Valday" xalqaro munozara klubining IV Markaziy Osiyo konferensiyasida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Boshqirdiston rahbari Radiy Xabirov Boshqirdiston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi qo‘shma loyihalarda tomonlar imtiyozli shartlar va shaffof qoidalar asosida ish yuritishini aytdi. Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik keng imkoniyatlar yaratishini ta’kidladi.
“Qozog‘iston bilan hamkorlikni oladigan bo‘lsak, bizni neft qazib olish va neftni qayta ishlash bilan bog‘liq barcha ishlar qiziqtiradi. Agar O‘zbekiston haqida gapiradigan bo‘lsak, bizni yog‘ochni qayta ishlash loyihalari, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi qiziqtiradi", — dedi Xabirov.
Uning qayd etishicha, barcha mamlakatlar xilma-xil, shuning iqtisodiyotga sarmoya kiritish uchun keng tanlov mavjud.
"Hozir muhim jihat shundaki, biz uzoq vaqtdan buyon nafaqat tovar ayirboshlash, balki sanoat kooperatsiyasi haqida ham gapirmoqdamiz. Shu sababli, rivojlanish bosqichida va amalga oshirish bosqichida sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni nazarda tutuvchi bir qator qo‘shma korxonalar mavjud bo‘lib, ular biz Qozog‘istonda mahalliylashtirilganimiz kabi Boshqirdistonda mahalliylashtiriladi. Hamma joyda biz imtiyozli meyorlar va shart-sharoitlarni topamiz, biznes uchun iqtisodiy va siyosiy barqarorlik doimo muhimdir. Buzilmaydigan aniq qoidalar. Bunday sharoitlarni markaziy osiyolik hamkasblarimiz bilan munosabatlarimizda ko‘rmoqdamiz”, — dedi Xabirov.
Uning qayd etishicha, Boshqirdiston hukumati uchun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik qilish oson.
“Birinchi navbatda, davlat rahbarlarining biz bilan ishlash, Rossiya bilan hamkorlik qilish istagi bor. Bir qator huquqiy normalar va institutlar mavjud. Shuningdek, albatta, birinchi navbatda, bu iqtisodiy tuzilmaning o‘zaro manfaatli birikmalari. Shu bilan birga, biz boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham juda yaqinmiz: gumanitar, ijtimoiy, diniy, madaniy. Shu sababli, bizning faoliyatimiz sohasida ushbu munosabatlarni o‘rnatish juda muhimdir", — deya qayd etdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat hududlarining, xususan, Rossiya Federatsiyasining Markaziy Osiyo respublikalariga juda chuqur kirib boradi.
Ma’lumot uchun, 14-15 may kunlari "Valday" xalqaro munozara klubi Ufa shahrida “Rossiya va Markaziy Osiyo: o‘zgaruvchan dunyo voqeligida taraqqiyot va xavfsizlik” mavzusida IV Markaziy Osiyo konferensiyasini o‘tkazmoqda. Anjumanda Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan ekspertlar ishtirok etmoqda.