O‘zbekiston Qozog‘iston bilan transport va logistika sohasida hamkorlikni rivojlantiradi

© Ministerstvo transporta respubliki UzbekistanOstonada O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Ostonada O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida transport va logistika sohasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi imzolandi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
Ostonada O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
© Ministerstvo transporta respubliki UzbekistanOstonada O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Obsujdeni osnovnie napravleniya sotrudnichestva mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2024
Ostonada O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tomonlar xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, temir yo‘l va avtomobil transporti, transport infratuzilmasini qurish yo‘nalishida o‘zaro hamkorlikda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama etishdi.
Xususan, “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘l qurilishi loyihasini hamkorlikda amalga oshirish, “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini birgalikda rivojlantirish va yuk tashish hujjatlarini raqamlashtirish orqali tashuvlarni yanada tezlashtirish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.

“Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo‘li qurilishi borasida Qozog‘iston tomoni O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.

© Ministerstvo transporta respubliki UzbekistanOstonada O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Obsujdeni osnovnie napravleniya sotrudnichestva mejdu Uzbekistanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.05.2024
Ostonada O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Maxkamov Qozog‘iston transport vaziri Marat Karabayev bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Karabayev “loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun mintaqaviy kommunikatsiyalar va savdoni rivojlantirishga xizmat qiladi, chunki Janubiy Osiyo mintaqasining yirik dengiz portlariga chiqish yo‘llari ochiladi”, deya ishonch bildirdi.
Shuningdek, tomonlar yuk tashuvlari jarayonini jadallashtirish maqsadida mamlakatlar o‘rtasida ruxsatnoma blankalarini elektron almashish "E-Permit" tizimi amaliyotga tatbiq etilganini mamnuniyat bilan qayt etishdi.
"Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2024-2025 yillarda transport va logistika sohasidagi strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni imzolashdi", – deyiladi xabarda.
Termizda “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.04.2024
Yangi multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” imzolandi
Yangiliklar lentasi
0