Moskvada O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaSostoyalas vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Rossiyskoy Federatsii Vladimirom Putinim.
Sostoyalas vstrecha prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva s prezidentom Rossiyskoy Federatsii Vladimirom Putinim. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2024
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhokama qilindi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. Moskvada 8-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda prezidentlar ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Eslatamiz, Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga bordi. Prezident kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yubiley sammitida qatnashdi va qator takliflarni ilgari surdi.
9 may kuni O‘zbekiston rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev prinyal pomoshnika prezidenta RF Maksima Oreshkina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Mirziyoyev Rossiya prezidenti yordamchisini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0