Mirziyoyev Rossiya prezidenti yordamchisini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal pomoshnika prezidenta RF Maksima Oreshkina
Shavkat Mirziyoyev prinyal pomoshnika prezidenta RF Maksima Oreshkina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkin va O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni qabul qildi.
TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2-may kuni, Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlat rahbariga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda forumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.
O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Tovar ayirboshlash barqaror sur’at bilan o‘sayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Rossii
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Prezident Uzbekistana prinyal delegatsiyu Rossii
Joriy yil 22-24 aprel kunlari Toshkent shahrida o‘tgan navbatdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi yakunlari yuksak baholandi. Yuqori texnologiyalar, ta’lim, sport, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun kelgan O‘mon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarga ko‘maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal ministra torgovli, promishlennosti i sodeystviya investitsiyam Sultanata Oman Kaysa bin Muxammada al-Yusufa
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra torgovli, promishlennosti i sodeystviya investitsiyam Sultanata Oman Kaysa bin Muxammada al-Yusufa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra torgovli, promishlennosti i sodeystviya investitsiyam Sultanata Oman Kaysa bin Muxammada al-Yusufa
Uchrashuv boshida Qays al-Yusuf davlat rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazdi.
O‘zaro manfaatli hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy yo‘nalishlarda kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Energetika, transport, sog‘liqni saqlash, turizm, geologiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo sohalarida, shu jumladan O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasi ko‘magida loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat borligi qayd etildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal ministra torgovli, promishlennosti i sodeystviya investitsiyam Sultanata Oman Kaysa bin Muxammada al-Yusufa
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra torgovli, promishlennosti i sodeystviya investitsiyam Sultanata Oman Kaysa bin Muxammada al-Yusufa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.05.2024
Shavkat Mirziyoyev prinyal ministra torgovli, promishlennosti i sodeystviya investitsiyam Sultanata Oman Kaysa bin Muxammada al-Yusufa
Yaqin fursatda Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va qo‘shma biznes forumini o‘tkazishga kelishib olindi. Transafg‘on temir yo‘lini qurish hamda “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron - O‘mon” transport yo‘lagini ilgari surish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Mirziyoyev Toshkentga kelgan qator davlat vakillari bilan uchrashdi
Yangiliklar lentasi
0