https://oz.sputniknews.uz/20240505/uzbekistan-yakutiya-meva-sabzavot-eksport-43736702.html
O‘zbekistondan Yoqutistonga meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladi
O‘zbekistondan Yoqutistonga meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yoqutiston rasmiylari, biznes va turizm vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
2024-05-05T17:14+0500
2024-05-05T17:14+0500
2024-05-05T17:14+0500
iqtisod
o‘zbekiston
o‘zbekiston - rossiya
meva-sabzavot
eksport
elchixona
turizm
savdo
tadbirkor
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27464083_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_19e88e79c493ae1d1eb48bad03b01272.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistondan Yoqutistonga olib kelinayotgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmi yanada oshiriladi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi vakillari Saxa Respublikasiga (Yoqutiston) tashrif buyurdi. Diplomatlar Yakutiya tadbirkorlik, savdo va turizm vaziri Yoqutiston tashqi aloqalar va xalqlar ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosarlari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yoqutistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi.Tomonlar Yoqutiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, ijtimoiy ta’lim, savdo-sotiq kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holatini muhokama qilishdi.Yoqutiston tomoni O‘zbekistonni 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “Isiax” milliy bayrami va 26-iyun kuni boshlanadigan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etishga taklif qildi.“Yakutopttorg” kompaniyasi bilan O‘zbekistondan Yoqutistonga olib kelinayotgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmini yanada oshirish hamda Yoqutiston rasmiylari, biznes va turizm vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Konsullik vakillari Yoqutistonda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ham uchrashdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27464083_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_d0927030ee62b56ed8d7116029c8e499.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yoqutiston o‘zbekistonga meva-sabzavot o‘zbekistonning vladivostokdagi bosh konsulligi saxa respublikasi (yoqutiston)
yoqutiston o‘zbekistonga meva-sabzavot o‘zbekistonning vladivostokdagi bosh konsulligi saxa respublikasi (yoqutiston)
O‘zbekistondan Yoqutistonga meva-sabzavot eksporti hajmi oshiriladi
Yoqutiston rasmiylari, biznes va turizm vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga keladi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekistondan Yoqutistonga olib kelinayotgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmi yanada oshiriladi. Bu haqda “Dunyo” AA
xabar berdi. O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulligi vakillari Saxa Respublikasiga (Yoqutiston) tashrif buyurdi. Diplomatlar Yakutiya tadbirkorlik, savdo va turizm vaziri Yoqutiston tashqi aloqalar va xalqlar ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosarlari, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yoqutistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashdi.
Tomonlar Yoqutiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, turizm, ijtimoiy ta’lim, savdo-sotiq kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning holatini muhokama qilishdi.
Yoqutiston tomoni O‘zbekistonni 25-26 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan “Isiax” milliy bayrami va 26-iyun kuni boshlanadigan “Osiyo bolalari” xalqaro sport o‘yinlarida ishtirok etishga taklif qildi.
“Yakutopttorg” kompaniyasi bilan O‘zbekistondan Yoqutistonga olib kelinayotgan meva-sabzavot mahsulotlari hajmini yanada oshirish hamda Yoqutiston rasmiylari, biznes va turizm vakillaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Konsullik vakillari Yoqutistonda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan ham uchrashdi.