O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi — tafsilotlar

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanIII Xalqaro investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi.
III Xalqaro investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2024
Obuna bo‘lish
Xalqaro investitsiya forumida imzolangan kelishuvlar qiymati o‘tgan yilgiga nisbatan oshdi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Toshkentda o‘tgan III Xalqaro investitsiya forumida jami qiymati 26,6 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
O‘zbekistonda III Xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini yakunladi. Forum 93 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq delegatni jamladi.
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli respubliki UzbekistanIII Xalqaro investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi.
V Uzbekistane s uspexom zavershil svoyu rabotu III Tashkentskiy mejdunarodniy investitsionniy forum. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2024
III Xalqaro investitsiya forumida 26,6 mlrd dollarga teng kelishuvlar imzolandi.
“Forum yakuniga ko‘ra jami qiymati $26,6 mlrdga teng kelishuvlar imzolandi. 2023-yilgi forumda 11 mlrd dollarlik 167 ta hujjat imzolangan”, — deyiladi xabarda.
Forumda quyidagi yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
“Data Volt” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent”da shahar infratuzilmasini qurish ($1 mlrd) va yashil texnologiyalarga asoslangan “ma’lumotlar markazlarini” qurish ($3 mlrd);
“Acwa Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog‘iston respublikasida quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish ($6,2 mlrd);
“Amea Power” kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpog‘iston respublikasida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish ($1,1 mlrd);
“Saudi Tabrid”kompaniyasi bilan Nukus, Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish ($750 mln);
“Nil Shugar” kompaniyasi (Misr) bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish ($500 mln);
“Shaynxay Knud Interneshnl” kompaniyasi (Xitoy) bilan Namangan viloyatida tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ($205 mln);
“Vilmar Interneshnl” kompaniyasi (Singapur) bilan Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari vachorva uchun ozuqa ishlab chiqarish ($200 mln).
“Bundan tashqari, forumda Misr, Vengriya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron kabi davlatlarning yirik kompaniyalari bilan qiymati $6,6 mlrd teng yangi investitsiyaloyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi”, — deyilgan xabarda.
Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston va Qirg‘izistonning bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
2030 yilda qayta tiklanuvchi energiya ulushi 40% ga yetkaziladi — vazir
O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatovning so‘zlariga ko‘ra, Data Volt kompaniyasi ishtirokida 5 milliard dollarlik yashil ma’lumotlar markazi qurilishi boshlandi.
IT mahsulotlari eksporti 5 mlrd dollarga yetkaziladi
“Biz IT-kompaniyalar uchun qulay muhit yaratmoqdamiz va O‘zbekistonda ofislarni ochish va boshqarish bilan bog‘liq barcha xavflarni qoplash uchun “Nol risk” dasturini ishga tushirmoqdamiz”, — dedi u.
Shuningdek, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va "Al Bawani Capital" kompaniyasi o‘rtasida Sirdaryo-Baxt halqa avtomobil yo‘lini qurish va Toshkent-Samarqand yo‘lini rekonstruksiya qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 2-3 may kunlari Toshkentda uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi. 2022-yilda o‘tgan ilk forumga 56 ta mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan.
Shavkat Mirziyoyev, Toshkent xalqaro  investitsiya forumi. 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Hech bir mamlakat o‘tkir muammolarni yakka holda hal etolmaydi — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0