Hech bir mamlakat o‘tkir muammolarni yakka holda hal etolmaydi — Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev, Toshkent xalqaro investitsiya forumi.
Shavkat Mirziyoyev, Toshkent xalqaro  investitsiya forumi. 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev III Xalqaro investitsiya forumida so‘zga chiqdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Hech bir mamlakat o‘tkir mummolarni yakka holda hal etolmaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan III Xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.
O‘zbekiston yetakchisining so‘zlariga ko‘ra,bugungi anjuman dunyo taraqqiyotida chuqur tranformatsiya ketayotgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

“Albatta, bu bizning oldimizda turgan katta xavf xatarlardan biri. Shunga biz tayyor bo‘lishimiz kerakligidan dalolat. Hamkorlar bilan har bir davlat o‘zining to‘g‘ri yo‘lini topishga intilyapti. Xavf va tahdidlar kuchayib borayotgani bu ham haqiqat. Tovar va xizmatlarni yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar, xalqaro savdoning pasayishi, xalqaro invistitsiya oqimlarining kamayishi, iqlim ofatlarining kuchayishi vaziyat naqadar beqaror va zaif ekanini yaqqol ko‘rsatapti”, — dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari so‘nggi uch yil davomida pasaymoqda. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy invistitsiyalar bilan bog‘liq tendensiyalar ham kutilgan umidlarni oqlamayapti. 2023-yilda rivojlanayotgan davlatlarga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 9 foizga kamaydi.
Toshkent xalqaro investitsiya forumi.
V Tashkente nachal rabotu III Mejdunarodniy investitsionniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Toshkent xalqaro investitsiya forumi.

“Albatta, biz bugun jahonda investorlar uchun kurash ketayotganini yaxshi tushunamiz. Biroq bir o‘zgarmas haqiqat tobora oydinlashmoqda. Hech bir mamlakat bu kabi o‘tkir muammolarni yakka holda hal etolmaydi. O‘zaro ishonch va hurmat ruhi, bir-birini qo‘llab-quvvatlash tamoyili uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam ustuni bo‘lib qolaveradi”, — deya qayd etdi Mirziyoyev.

Mirziyoyev o‘z so‘zida islohot yo‘lidagi to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish uchun qat’iy qadamlar tashlangani, aynan shu bois har bir sarmoyador o‘zini erkin va ishonchli his qilishi uchun keng qo‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganini urg‘uladi.

"Bundan 7-yil muqaddam biz uchun oson bo‘lmagan, lekin katta marralarni ko‘zlagan tizimli islohotlarni boshlagan edik. Bu islohotlarga ishongan ham bor edi, lekin ko‘plar ishonmagan edi. Avvalari investitsiya uyoqda tursin, konvertatsiya ham yo‘q edi. Biz 7-yil oldin boshlagan ishlarimizda do‘stlarimiz ishongan edi, lekin hamma O‘zbekiston nima bo‘lar ekan deb shubha bilan qaragan edi. Shuning uchun biz iqtisodiyotni erkinlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish, tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni har tomonlama kengaytirishni asosiy maqsad etib belgiladik", — deya ta’kidladi prezident.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti qariyb 2 baravar o‘sdi. O‘tgan yil yakuni uchun bu o‘sish 6 foizni tashkil etdi. Inflyatsiya 9 foizgacha pasaydi. Savdo aylanmasi ko‘rsatkichlari mutlaqo oshmoqda. Valyuta bozori va oltin valyuta zaxiralari barqarorligini saqlab kelinmoqda. Oxirgi yillarda 60 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
"Ushbu mintaqadagi o‘zgarishlar dunyodagi geoiqtisodiy vaziyatni butunlay o‘zgartirib, Markaziy Osiyoni shimol va janub, sharq va g‘arb bilan bog‘laydigan global tranzit markaziga aylantiradi. Biz investorlarni va xalqaro tashkilotlarni bu yirik mintaqaviy loyihalarda qatnashishga, buyuk Ipak yo‘lini zamonaviy asosda qayta tiklashga taklif etaman", — dedi prezident.
Uning qayd etishicha, yangi O‘zbekiston beqiyos imkoniyatlarga ega. Adolatli va jadal rivojlanayotgan mamlakatdir. Tatbiq etilayotgan ulkan g‘oyalarning eng asosiy manbai bu eng avvalo mehnatkash xalqdir.
"Shuni alohida ta’kidalsh kerakki, bugun bu yerda yig‘ilgan investorlar o‘zlarining eng ilg‘or texnologiya va tajribalari, yangi takliflari bilan bizni olg‘a yurishga undaydilar. Har bir tashabbus, har bir loyihangiz bo‘yicha komandamning barcha a’zolari sizlarga yelkadosh bo‘lib, yoningizda turib, ularni to‘liq amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Shunday qilsak silarga ma’qulmi?", — dedi mamlakat yetakchisi.
Prezident, shuningdek, hech shubhasiz xalqaro investitsiya forumi va sermahsul muzokaralar amaliy hamkorlikning sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 2-3 may kunlari Toshkentda uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. 2022-yilda o‘tgan ilk forumga 56 ta mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan. Shu yilning 3-may kuni prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi ham o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0