Mirziyoyev Toshkentga kelgan qator davlat vakillari bilan uchrashdi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev Singapur respublikasi parlamenti spikeri, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi, Saudiya Arabistoni energetika vaziri va BAA iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O‘zbekiston prezidenti ishtirokida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Singapur parlamenti spikerini qabul qildi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Singapur respublikasi parlamenti spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Singapur respublikasi parlamenti spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Singapur respublikasi parlamenti spikeri Sia Kian Pengni qabul qildi.
“O‘tgan bir yilda O‘zbekiston-Singapur munosabatlarida ulkan natijalarga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikkita davlat tashrifi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma loyihalar soni, shu jumladan to‘qimachilik va kimyo, qishloq xo‘jaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda izchil oshib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
Kadrlar tayyorlash, investitsiyalar, turizm va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Oliy darajadagi kelishuvlar ustidan birgalikda samarali parlament nazoratini o‘rnatish muhimligi ta’kidlandi.
Prezident Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarovni qabul qildi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi Aqilbek Japarovni qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisi – prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarovni qabul qildi.
Suhbat avvalida Aqilbek Japarov O‘zbekiston yetakchisiga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning samimiy salomini yetkazdi.
“O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qambarota GES-1 va “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish loyihalarining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi. Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida ko‘p qirrali sheriklikning yangi kun tartibini shakllantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Saudiya Arabistoni energetika vaziri bilan uchrashuv
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida vazir O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
"Amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bugungi kunda qo‘shma loyihalar portfeli 30 milliard dollardan oshdi. Mamlakatimizda energetika tarmog‘ini rivojlantirishga eng ko‘p investitsiya kiritgan “ACWA Power” kompaniyasi bilan samarali hamkorlik qilinayotgani ta’kidlandi", — deyiladi xabarda.
Bu galgi forum doirasida “yashil” energetika, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida 18 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha bitimlar imzolanadi. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va boshqa yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ilgari surish zarurligi qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev BAA iqtisodiyot vaziri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari iqtisodiyot vaziri Abdulla bin Al Marriy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Vazir davlat rahbariga BAA prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vaziri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu-Dabi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
"Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sheriklik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi, qo‘shma korxonalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar soni oshib bormoqda. Ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi loyihalar portfeli 4 milliard dollarga yetdi", — deyiladi xabarda.
Energetika, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, suv ta’minoti va boshqa sohalarda yirik loyihalarni tezlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 2-3 may kunlari Toshkentda uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi. 2022-yilda o‘tgan ilk forumga 56 ta mamlakatdan mingdan ziyod xorijiy mehmonlar kelgan. Shu yilning 3-may kuni prezidenti huzuridagi Xorijiy investorlar kengashining ikkinchi yalpi majlisi ham o‘tkaziladi.