O‘zbekistonda xorijiy investorlarni qanday yangiliklar kutmoqda?

© freepik / rawpixelDelovoe sotrudnichestvo.
Delovoe sotrudnichestvo. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida qator aniq takliflarni bildirdi.
TOShKENT, 2-may — Sputnik. Tez orada Toshkentda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkentda o‘tayotgan III Xalqaro investitsiya forumida ma’lum qildi.
Forumning yalpi majlisida so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev sarmoyadorlar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida qator aniq takliflarni bildirdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda yangi tahrirdagi investitsiya to‘g‘risida qonun qabul qilinadi. Shuningdek, tez orada Toshkentda Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi.

“Yangi tahrirdagi “Investitsiyalar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinadi. Ushbu hujjat Jahon savdo tashkiloti tartib-qoidalari va standartlariga muvofiq ishlab chiqildi. Tez orada mamlakatimizda Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Xalqaro tijorat sudi ish boshlaydi. Ushbu sud O‘zbekiston sud-huquq tizimida alohida o‘ringa ega bo‘ladi. Yaqin vaqtda sanoat zonalari tizimida mutlaqo yangicha yondashuvlar joriy etiladi. Sanoat zonalarini boshqarishda xususiy operatorlar, jumladan, yuqori malakali xorijiy kompaniyalarni faol jalb qilish amaliyoti kengaytiriladi. Maxsus iqtisodiy zonalar faoliyat muddatlari bo‘yicha cheklovlar ham bekor qilinadi. Xorijiy sarmoyadorlar uchun yerlarni ijaraga berish muddati 25-yildan 49-yilgacha, ya’ni, ikki barobar uzaytiriladi. Bunda, qonunlar bilan kafolatlangan amaldagi imtiyoz va preferensiyalar to‘liq saqlab qolinadi”, — deya qayd etdi prezident.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yilning o‘zida xorijiy investitsiyalar qariyb 2 baravarga ko‘payib, dunyoning yetakchi kompaniyalari va yirik brendlari bilan 300 tadan ortiq investitsiya va sanoat loyihalari ishga tushurildi va 100 mingtadan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Endilikda xorijiy sarmoyadorlar aksiyalaridan olinayotgan devidentlar bo‘yicha soliqlar 3-yil muddatga ozod etiladi. 250 ta korxonaning davlat ulushi, mingtadan ko‘proq ko‘chmas mulk obyektlarini sotish, 12 ta korxona aksiyalarini fond bozorlarida birlamchi ommaviy joylashtirish uchun ham yangi dastur ishga tushirildi.
Tadbirkorlar barqarorligi reytingi joriy etildi. Yuqori reytingga ega tadbirkorlar uchun soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi. Energetika yo‘nalishidagi davlat xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tajribasini ijtimoiy va boshqa infratuzilma sohalarida ham keng tatbiq etish rejalashtirilgan.

"Energetika tarmog‘i samaradorligini oshirish butun mintaqamiz uchun dolzarbdir. Bu borada mamlakatimizda 28 ta loyiha ustida ishlar davom ettirilmoqda. O‘zbekiston 2030-yilgacha 20 gigavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini yaratish va energetika balansida uning ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilgan. Forum doirasida investorlar uchun qo‘shni Qirg‘iziston va Tojikistondagi gidroelektr stansiyalarini birgalikda qurish loyihalari taqdimoti o‘tkaziladi", — dedi mamlakat yetakchisi.

U o‘z so‘zida ushbu yo‘nalishda barcha davlatlar yetakchi kompaniyalarini ochiq muloqot va amaliy hamkorlikka taklif etdi.
Shavkat Mirziyoyev, Toshkent xalqaro  investitsiya forumi. 
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.05.2024
Hech bir mamlakat o‘tkir muammolarni yakka holda hal etolmaydi — Mirziyoyev
Yangiliklar lentasi
0