https://oz.sputniknews.uz/20240426/rossiya-korxonalarining-70-foizida-kadrlar-etishmaydi--nabiullina-43623367.html
Rossiya korxonalarining 70 foizida kadrlar yetishmaydi — Nabiullina
Rossiya korxonalarining 70 foizida kadrlar yetishmaydi — Nabiullina
Sputnik O‘zbekiston
Kadrlar muammosi, inflyatsiya va pul kredit siyosati — nabiullina barchasini tushuntirib berdi
2024-04-26T18:18+0500
2024-04-26T18:18+0500
2024-04-26T18:40+0500
rossiya
markaziy bank
elvira nabiullina
milliy kadrlar zaxirasi
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1a/43623615_0:0:2828:1591_1920x0_80_0_0_867fd0bc53e783d98eddc60619cd3f8a.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy banki so‘rovlariga ko‘ra, mamlakatdagi korxonalarining qariyb 70 foizida kadrlar yetishmasligi qayd etilgan. Bu haqida Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina matbuot anjumanida ma’lum qildi.Nabiullinaning so‘zlariga ko‘ra, mehnat bozoriga boshqa uzoq muddatli tendensiyalar, jumladan, demografiya va mehnat unumdorligining ish haqi o‘sishidan orqada qolishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi Rossiya iqtisodiyotiga inflyatsiya bosimini keltirib chiqaradi, dedi u.Inflyatsiya pasaymoqda“O‘tgan yili asosiy stavkani oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar inflyatsiya bosimini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi. Ularning ta’siri ostida inflyatsiya darajasi 4,3-4,8 foizgacha pasaydi, dedi Nabiullina.Pul-kredit siyosatiAsosiy stavkaning o‘zgarishsiz qolishini izohlar ekan, Rossiya banki rahbari qattiqqo‘l pul kredit siyosti iqtisod o‘sishiga to‘sqinlik qilishini aytib o‘tdi. 2024-yilning ikkinchi choragidan boshlab iqtisodiyot muvozanatli o‘sish sur’atiga o‘tadi. Shu bilan talab va taklif o‘rtasidagi tafovut qisqarib, narx dinamikasining sekinlashishi ta’minlanadi.Nabiullinaning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda Markaziy bank bazaviy stsenariyda joriy yil uchun yalpi ichki mahsulot o‘sishi taxminini 2,5-3 foizgacha oshirdi.Valyuta kurslari belgilash “Talabning haddan tashqari oshib borayotganida valyuta kursini sun’iy ravishda belgilash importning haddan tashqari va uzluksiz o‘sishiga olib keladi va agar eksport hozirgidan ko‘paymasa, importni moliyalashtirish uchun siz valyuta sotib olishingiz kerak bo‘ladi. Xorijiy valyutani eksportdan tashqari qayerdan keltirish mumkin? "Xalqaro to‘lovlarga kelsak, umuman olganda, biz ikkilamchi sanksiyalar va to‘lovlar murakkablashishi xavfi ortib borayotganini ko‘ramiz, biz to‘lovlarni qanday osonlashtirish mumkinligini ko‘rib chiqish uchun hamkorlarimiz bilan aloqadamiz, chunki do‘st davlatlar bilan tashqi savdo faol o‘sib bormoqda. Albatta, , bu ishonchli to‘lov tizimi bilan birga bo‘lishi kerak”, — dedi Markaziy bank rahbari.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/1a/43623615_59:0:2790:2048_1920x0_80_0_0_5aaac74ece78319621a9509999493e71.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya markaziy bank nabiullina
rossiya markaziy bank nabiullina
Rossiya korxonalarining 70 foizida kadrlar yetishmaydi — Nabiullina
18:18 26.04.2024 (yangilandi: 18:40 26.04.2024) Rossiya banki rahbari inflyatsiya, valyuta kurslari va Markaziy bank olib borayotgan pul kredit siyosati haqida batafsil ma’lumot berdi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy banki so‘rovlariga ko‘ra, mamlakatdagi korxonalarining qariyb 70 foizida kadrlar yetishmasligi qayd etilgan. Bu haqida Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullina matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“15 mingtaga yaqin korxonalarni qamrab olgan korxona monitoringining ma’lumotlariga ko‘ra, korxonalarning qariyb 70 foizi kadrlar yetishmasligini qayd etgan”, - dedi Nabiullina.
Nabiullinaning so‘zlariga ko‘ra, mehnat bozoriga boshqa uzoq muddatli tendensiyalar, jumladan, demografiya va mehnat unumdorligining ish haqi o‘sishidan orqada qolishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Bularning barchasi Rossiya iqtisodiyotiga inflyatsiya bosimini keltirib chiqaradi, dedi u.
“O‘tgan yili asosiy stavkani oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar inflyatsiya bosimini sezilarli darajada pasaytirish imkonini berdi. Ularning ta’siri ostida inflyatsiya darajasi 4,3-4,8 foizgacha pasaydi, dedi Nabiullina.
"Bizning barqaror inflyatsiya, ayniqsa, o‘tgan yilgi cho‘qqilarga nisbatan keskin pasayib bormoqda. Bu chorakda ham uning pasayganini ko‘rmoqdamiz. Yil oxiriga kelib narxlarning joriy o‘sish sur’ati — 4% darajasida yoki undan ham pastroq bo‘lishiga ishonamiz", - dedi mutaxassis.
Asosiy stavkaning o‘zgarishsiz qolishini izohlar ekan, Rossiya banki rahbari qattiqqo‘l pul kredit siyosti iqtisod o‘sishiga to‘sqinlik qilishini aytib o‘tdi.
"Ayrim doiralarda keng tarqalga fikrlarga qaramasdan, qattiq pul-kredit siyosati o‘z o‘zidan iqtisodiy o‘sishni to‘xtata olmaydi. Iqtisodiyot haddan tashqari "qizib turgan" davrda, talabning qo‘shimcha o‘sishi ishlab chiqarishning sezilarli o‘sishiga olib kelmaydi, lekin inflyatsiyaning sezilarli tezlashishiga olib keladi", - dedi Nabiullina.
2024 yilning ikkinchi choragidan boshlab iqtisodiyot muvozanatli o‘sish sur’atiga o‘tadi. Shu bilan talab va taklif o‘rtasidagi tafovut qisqarib, narx dinamikasining sekinlashishi ta’minlanadi.
Nabiullinaning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodiyotidagi mavjud vaziyatni hisobga olgan holda Markaziy bank bazaviy stsenariyda joriy yil uchun yalpi ichki mahsulot o‘sishi taxminini 2,5-3 foizgacha oshirdi.
Valyuta kurslari belgilash
“Talabning haddan tashqari oshib borayotganida valyuta kursini sun’iy ravishda belgilash importning haddan tashqari va uzluksiz o‘sishiga olib keladi va agar eksport hozirgidan ko‘paymasa, importni moliyalashtirish uchun siz valyuta sotib olishingiz kerak bo‘ladi. Xorijiy valyutani eksportdan tashqari qayerdan keltirish mumkin?
Buning uchun Markaziy Bank oltin-valyuta zahiralarini sarf qila boshlaydi, lekin ularning ham oxiri bor. Ikkinchidan — zahiralarning kamayishi milliy valyutaning keskin devalvatsiyasiga olib keladi. Shu sababli bu yo‘l mutlaqo qabul qilinishi mumkin emas", - deb tushuntirdi Nabiullina.
"Xalqaro to‘lovlarga kelsak, umuman olganda, biz ikkilamchi sanksiyalar va to‘lovlar murakkablashishi xavfi ortib borayotganini ko‘ramiz, biz to‘lovlarni qanday osonlashtirish mumkinligini ko‘rib chiqish uchun hamkorlarimiz bilan aloqadamiz, chunki do‘st davlatlar bilan tashqi savdo faol o‘sib bormoqda. Albatta, , bu ishonchli to‘lov tizimi bilan birga bo‘lishi kerak”, — dedi Markaziy bank rahbari.