Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Rossiya banki YeOIIning 10-yilligiga bag‘ishlangan esdalik tanga chiqardi

Flag Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza
Flag Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2024
Obuna bo‘lish
Esdalik tangalari uch ming dona chiqarilgan bo‘lib ular Rossiya hududida qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Rossiya Markaziy banki YeOIIning 10-yilligiga bag‘ishlangan esdalik tanga chiqardi, deb xabar qilmoqda bank matbuot xizmati.
Nominal qiymati 3 rubl bo‘lgan "YeOII 10-yilligi" esdalik kumush tangasi 2024-yil 26-aprel kuni muomalaga chiqarildi. Unda qimmatbaho metalning sof massasi 31,1 g,ni tashkil qiladi. Probasi 925, diametri 39,0 mm bo‘lgan doira shakliga ega.
© SB RFYeOIIning 10-yilligiga bag‘ishlangan esdalik tanga
Pamatnaya moneta v chest 10 letiya osnovaniya YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.04.2024
YeOIIning 10-yilligiga bag‘ishlangan esdalik tanga
Tanganing old tomonida Rossiya Davlat gerbi va “ROSSIYa FEDERATSIYaSI”, “ROSSIYa BANKI” yozuvlari mavjud.
Tanganing orqa tomonida rangli qilib ishlangan "YeAES" yozuvi hamda YeOII a’zo va kuzatuvchi-davlatlarining: (Kuba va O‘zbekiston) ramziy belgilari lazer yordamida chizilgan.
Rossiya MB banki 3 ming dona na shunday tangani muomalaga chiqargan. Bu tangalar Rossiya hududida naqd pul to‘lashning qonuniy vositasi bo‘lib, barcha turdagi to‘lovlarda cheklovlarsiz nominal qiymatida qabul qilinishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0