https://oz.sputniknews.uz/20240426/ozbekistonda-lotoreya-va-bukmekerlikka-ruxsat-beriladi--farmon-43625031.html
O‘zbekistonda lotoreya va bukmekerlikka ruxsat beriladi — farmon
O‘zbekistonda lotoreya va bukmekerlikka ruxsat beriladi — farmon
Sputnik O‘zbekiston
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi; Ushbu faoliyat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiradi; O‘yin va garovlarda faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin.
2024-04-26T21:30+0500
2024-04-26T21:30+0500
2024-04-27T10:43+0500
o‘zbekiston
yangi qonun
prezident farmoni
jamiyat
bukmekerlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/12/9471259_0:322:3069:2048_1920x0_80_0_0_37acdf322ec0b405b5067bf4e109b1af.jpg
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi. Bu haqida 19-aprel kuni imzolangan prezident farmonida aytib o‘tilgan. Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:Soliqqa tortish tartibi: Lotereya va internet tarmog‘ida o‘yinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari faoliyati Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan monitoring va nazorat qilinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/12/9471259_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_417f8eeafd033aad4c170a8664be3de1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston lotoreya bukmekerlik ruxsat qonun
o‘zbekiston lotoreya bukmekerlik ruxsat qonun
O‘zbekistonda lotoreya va bukmekerlikka ruxsat beriladi — farmon
21:30 26.04.2024 (yangilandi: 10:43 27.04.2024) Tavakkalchilik o‘yinlari tashkil qilgan yuridik shaxslar aylanmadan 4%, jismoniy shaxslar esa 0% soliq to‘laydi.
TOShKENT, 26 apr — Sputnik. Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi. Bu haqida 19-aprel kuni imzolangan prezident
farmonida aytib o‘tilgan.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan:
internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi;
Ushbu faoliyat Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiradi;
O‘yin va garovlarda faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin.
Ushbu faoliyatni tashkil etgan yuridik shaxslar olingan jami daromadidan, to‘langan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda, 4 foiz aylanma solig‘i to‘laydi.
Jismoniy shaxslar litsenziya asosida o‘tkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmog‘idagi o‘yinlar va bukmekerlikdan olgan yutuq sifatida daromad solig‘idan ozod etiladi.
Lotereya va internet tarmog‘ida o‘yinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilari faoliyati Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan monitoring va nazorat qilinadi.