Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Yuk va yo‘lovchi aylanmasi YeOIIga a’zo davlatlarda qanday o‘sdi?

© YeAESFlagi YeAES
Flagi YeAES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2024
Obuna bo‘lish
YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi 3,8 foizga, bajarilgan qurilish ishlari hajmi 4,8 foizga, chakana savdo aylanmasi 10,5 foizga o‘sdi.
TOShKENT, 19 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Statistika departamenti 2024-yilning yanvar-fevral oylari uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha oylik tahliliy sharhini e’lon qildi. Bu haqda YeIK saytida xabar berildi.
2024 yilning yanvar-fevral oylarida YeOIIda sanoat ishlab chiqarishi 3,8 foizga, bajarilgan qurilish ishlari hajmi 4,8 foizga, chakana savdo aylanmasi 10,5 foizga o‘sdi.
Bu davrda yuk aylanmasi Qirg‘izistonda (8,8 foizga) va Qozog‘istonda (1,6 foizga), yo‘lovchi aylanmasi Qirg‘izistonda (11,2 foizga), Rossiyada (10,6 foizga), Belarusda (8,3 foizga) va Qozog‘istonda (7,6 foizga) o‘sdi.
YeOIIda ro‘yxatga olingan ishsizlik darajasi ishchi kuchining 0,9 foizini tashkil etdi.
2024 yilning yanvar-fevral oylari uchun asosiy ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar AQSh dollaridan tashqari YeOIIga a’zo davlatlar valyutalarida ham hisoblab chiqilgan.
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va YeIK savdo jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rmoqda
Yangiliklar lentasi
0