Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va YeIK savdo jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rmoqda

© Sputnik / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.04.2024
Obuna bo‘lish
Vaagn Kazaranning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga raqamli texnologiyalarni joriy etishning asosiy yo‘nalishi ham integratsiya birlashmasi doirasida, ham uchinchi davlatlar hamkorlari bilan savdo qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
TOShKENT, 7 apr — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) savdo jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rmoqda. Bu haqda YeIKning Bojxona-tarif va tarifdan tashqari tartibga solish departamenti direktori Vaagn Kazaran “Ilgarilash yo‘lida raqamlashtirishni rivojlantirish – institutsional tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash” sessiyasida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Sessiya Samarqandda o‘tkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish masalalariga bag‘ishlangan 11-forum doirasida o‘tkazildi.
“Ittifoqda savdo jarayonlarini raqamlashtirishning asosiy yo‘nalishlari tovarlarni identifikatsiyalash vositalari bilan markalash, tashqi va ichki elektron savdoni rivojlantirish, tadbirkorlik va davlat organlari tomonidan tarifdan tashqari tartibga solish doirasida elektron hujjatlar va ma’lumotlardan foydalanish hisoblanadi”, - dedi u.
Vaagn Kazaranning so‘zlariga ko‘ra, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga raqamli texnologiyalarni joriy etishning asosiy yo‘nalishi ham integratsiya birlashmasi doirasida, ham uchinchi davlatlar hamkorlari bilan savdo qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
Sessiya doirasida barqaror ta’minot zanjirlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish va yanada ilgari surish uchun raqamlashtirishni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning innovatsiyalari va tashabbuslari muhokama qilindi.
Trassa Chita-Xabarovsk v Zabaykalskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2024
O‘zbekiston va YeOII
YeIK yangi global ta’minot zanjirlarini yaratish bo‘yicha ESKATO bilan hamkorlikni kuchaytirmoqda
Yangiliklar lentasi
0