https://oz.sputniknews.uz/20240417/toshkent-kochmas-mulk-bozor-43472313.html
Toshkentda ko‘chmas mulk bozori 20,7% ga pasaydi
Toshkentda ko‘chmas mulk bozori 20,7% ga pasaydi
Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtda ikkilamchi bozor pasayishni boshladi, ijara bozoridagi faollik yanada kamaydi. 17.04.2024, Sputnik O‘zbekiston
2024-04-17T17:22+0500
2024-04-17T17:22+0500
2024-04-17T17:41+0500
iqtisod
o‘zbekiston
toshkent
uy-joylar narxi
narx-navo
ijara
ko‘chmas mulk
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/04/43291140_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_fa1fe1b1047a4a85a7df0ffebf530164.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Poytaxtda ko‘chmas mulk bozori 20,7% ga pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.Fevral oyida ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz o‘sishidan so‘ng, mart oyida sezilarli pasayish qayd etildi.Poytaxtda ko‘chmas mulk bozori 20,7% ga pasaydi. Ikkilamchi bozor pasayishni boshladi, oyiga o‘rtacha narx atigi 0,5% ga oshdi. Poytaxtning ijara bozoridagi faollik yanada kamaydi.Shu yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozori o‘tgan yilga nisbatan 0,3%ga biroz o‘sdi. 2022-yilning I choragiga nisbatan 3% ga sezilarli o‘sish qayd etildi.Hududiy uy-joy bozoridagi vaziyatHududlar bo‘yicha ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning eng katta pasayishi Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 27 va 28% ga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 26% ga qayd etildi.Ko‘chmas mulk bozorining qariyb 28 foizi Toshkent hissasisiga to‘g‘ri keldi, mart oyida poytaxtda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 5,34 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 20,7% ga kam.Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyatMart oyida poytaxtning uy-joy ijara bozorida xaridorlarning faolligi 2,2% ga kamaydi va 1 kv.m. uchun 8,6 dollarni tashkil etdi.Shayxontoxur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu hududlarda ijara narxi bir kv.m. uchun 10,6 dollarni tashkil etadi.Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida nisbatan arzon uy-joy ijarasi saqlanib qolmoqda, bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi bir kv.m. uchun 6,7 dollarni tashkil etadi.Shu bilan birga, o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan Toshkent shahrida ijara bozori 5,2% ga qisqargan. Shunday qilib, narxlarning eng tez pasayishi qayd etilgan tumanlar Yashnobod 10,3%, Mirobod 10,9% va Yakkasaroy 13,3% bo‘ldi.Ikkilamchi uy-joy bozoriMart oyida ikkilamchi uy-joy bozori fevral oyidagi 0,8% ga nisbatan 0,5% ga o‘sdi. Yillik shartlarda ikkilamchi bozor narxlar 14,1% ga oshdi.Toshkent shahrida – 24,8%, Buxoro – 25,1% va Xorazm viloyatlarda – 20,1% ga sezilarli o‘sish qayd etildi.Poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi ham sekinlashdi. Agar mart oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,2% ga oshgan bo‘lsa, fevral oyida o‘sish mos ravishda 1,6% ni tashkil etdi.Narx o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bektemir – 3,3%, Olmazor – 1,8% va Sergeli – 1,8% tumanlarida qayd etildi.Umuman olganda, yil davomida poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy bozori 14,3% ga o‘sdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2024
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/04/04/43291140_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_4bf61229fee130239bddad2dfdaa7f54.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent, uy-joylar narxi , narx-navo, ijara, ko‘chmas mulk
iqtisod, o‘zbekiston, toshkent, uy-joylar narxi , narx-navo, ijara, ko‘chmas mulk
Toshkentda ko‘chmas mulk bozori 20,7% ga pasaydi
17:22 17.04.2024 (yangilandi: 17:41 17.04.2024) Poytaxtda ikkilamchi bozor pasayishni boshladi, ijara bozoridagi faollik yanada kamaydi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Poytaxtda ko‘chmas mulk bozori 20,7% ga pasaydi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
xabar berdi. Fevral oyida ko‘chmas mulk bozorida faollik biroz o‘sishidan so‘ng, mart oyida sezilarli pasayish qayd etildi.
Poytaxtda ko‘chmas mulk bozori 20,7% ga pasaydi. Ikkilamchi bozor pasayishni boshladi, oyiga o‘rtacha narx atigi 0,5% ga oshdi. Poytaxtning ijara bozoridagi faollik yanada kamaydi.
“Mart oyida ko‘chmas mulk bozori faollikning pasayishi bilan ajralib turdi. Ko‘rib chiqilayotgan davrda ko‘chmas mulkni sotib olish va sotish bo‘yicha 17,8 mingta shartnoma tuzildi, bu fevral oyiga nisbatan 20% ga kam”, — deyiladi xabarda.
Shu yilning I choragi yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozori o‘tgan yilga nisbatan 0,3%ga biroz o‘sdi. 2022-yilning I choragiga nisbatan 3% ga sezilarli o‘sish qayd etildi.
Hududiy uy-joy bozoridagi vaziyat
Hududlar bo‘yicha ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning eng katta pasayishi Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 27 va 28% ga, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 26% ga qayd etildi.
Ko‘chmas mulk bozorining qariyb 28 foizi Toshkent hissasisiga to‘g‘ri keldi, mart oyida poytaxtda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 5,34 mingtani tashkil etdi, bu o‘tgan oyga nisbatan 20,7% ga kam.
Toshkentda uy-joy ijarasi bozoridagi vaziyat
Mart oyida poytaxtning uy-joy ijara bozorida xaridorlarning faolligi 2,2% ga kamaydi va 1 kv.m. uchun 8,6 dollarni tashkil etdi.
Shayxontoxur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida ijara narxi yuqoriligicha qolmoqda, bu hududlarda ijara narxi bir kv.m. uchun 10,6 dollarni tashkil etadi.
Uchtepa, Sergeli va Bektemir tumanlarida nisbatan arzon uy-joy ijarasi saqlanib qolmoqda, bu hududlarda o‘rtacha ijara narxi bir kv.m. uchun 6,7 dollarni tashkil etadi.
Shu bilan birga, o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan Toshkent shahrida ijara bozori 5,2% ga qisqargan. Shunday qilib, narxlarning eng tez pasayishi qayd etilgan tumanlar Yashnobod 10,3%, Mirobod 10,9% va Yakkasaroy 13,3% bo‘ldi.
Mart oyida ikkilamchi uy-joy bozori fevral oyidagi 0,8% ga nisbatan 0,5% ga o‘sdi. Yillik shartlarda ikkilamchi bozor narxlar 14,1% ga oshdi.Toshkent shahrida – 24,8%, Buxoro – 25,1% va Xorazm viloyatlarda – 20,1% ga sezilarli o‘sish qayd etildi.
Poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlarining o‘sishi ham sekinlashdi. Agar mart oyida Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning o‘rtacha narxi 0,2% ga oshgan bo‘lsa, fevral oyida o‘sish mos ravishda 1,6% ni tashkil etdi.
Narx o‘sishining eng yuqori sur’atlari Bektemir – 3,3%, Olmazor – 1,8% va Sergeli – 1,8% tumanlarida qayd etildi.
Umuman olganda, yil davomida poytaxtdagi ikkilamchi uy-joy bozori 14,3% ga o‘sdi.