O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni maxsus pasport egalariga vizada yengillik beriladi

© Telegram / Baxtiyor SaidovVstrecha ministra inostrannix del Korolevstva Saudovskaya Araviya prinsa Feysala bin Farxana Al Sauda i glavi MID Uzbekistana Baxtiyora Saidova
Vstrecha ministra inostrannix del Korolevstva Saudovskaya Araviya prinsa Feysala bin Farxana Al Sauda i glavi MID Uzbekistana Baxtiyora Saidova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2024
Obuna bo‘lish
Toshkentda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirlari diplomatik va maxsus pasport egalarini o‘zaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.
Saidov Toshkentga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri, shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan uchrashdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasida ko‘p qirrali hamkorlik va keng qamrovli sheriklik munosabatlarini amaliy boyitishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqotdan mintaqaviy kun tartibi va ko‘p tomonlama platformalar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ham o‘rin oldi.
“Diplomatik va maxsus pasport egalarini o‘zaro qisqa muddatli viza talablaridan ozod etish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladik”, — deya yozdi Saidov o‘zining Telegram-kanalida.
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni muntazam aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.12.2023
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni muntazam aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib oldi
Yangiliklar lentasi
0