https://oz.sputniknews.uz/20231214/ozbekiston-saudiya-arabiston-muntazam-aviaqatnovlar-41550039.html
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni muntazam aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni muntazam aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Bu O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
2023-12-14T09:11+0500
2023-12-14T09:11+0500
2023-12-14T12:00+0500
jamiyat
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
aviaparvozlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0e/41549875_161:210:935:645_1920x0_80_0_0_69f9fb866e8c6f055f755816befaa5a2.jpg
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.Qayd etililishicha, ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Qirolligi aviatsiya ma’muriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarda ushbu kelishuvga erishildi.Muzokaralar jarayonida Transport vazirligi delagatsiyasiga O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi hamrohlik qildi.Muzokaralar natijasiga ko‘ra Toshkent shahridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida haftasiga har bir tomondan 14 tadan, shuningdek, xalqaro aeroportga ega bo‘lgan O‘zbekistonning istalgan shahridan Saudiya Arabistonining xalqaro aeroportga ega bo‘lgan istalgan shahriga har bir tomondan haftasiga 21 tadan (jami 35 tadan) muntazam parvozlarni amalga oshirishga kelishib olindi.Aytilishicha, muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi charter parvozlari hamda tranzit parvozlar orqali “Umra” safariga boruvchilar guruhini shakllantirayotgan turoperatorlar hamda agentlar tomonidan yuzaga keltirilayotgan ayrim tartibsizliklarga barham beradi.O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20231124/umra-turfirmalari-nima-uchun-100-000-tolaydi-41227365.html
o‘zbekiston
saudiya arabistoni
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0c/0e/41549875_182:184:900:722_1920x0_80_0_0_38a218ae91ce45ca3c0e3a104b142cc3.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston saudiya arabistoni aviaqatnovlar
o‘zbekiston saudiya arabistoni aviaqatnovlar
O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni muntazam aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib oldi
09:11 14.12.2023 (yangilandi: 12:00 14.12.2023) Bu O‘zbekistondan "Haj" va "Umra" tadbirlariga boradigan ziyoratchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
TOShKENT, 14 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi. Bu haqda Transport vazirligi
xabar berdi. Qayd etililishicha, ICAOning “ICAN–2023” tadbiri doirasida Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Qirolligi aviatsiya ma’muriyati bilan o‘tkazgan muzokaralarda ushbu kelishuvga erishildi.
Muzokaralar jarayonida Transport vazirligi delagatsiyasiga O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi favqulodda va muxtor elchisi hamrohlik qildi.
“Bu O‘zbekistondan Haj va Umra tadbirlariga boradigan ziyoratchilar, shuningdek, “Umra plyus” dasturi orqali O‘zbekistonga ziyorat turizmi uchun tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi”, —deyiladi xabarda.
Muzokaralar natijasiga ko‘ra Toshkent shahridan Saudiya Arabistoni shaharlari o‘rtasida haftasiga har bir tomondan 14 tadan, shuningdek, xalqaro aeroportga ega bo‘lgan O‘zbekistonning istalgan shahridan Saudiya Arabistonining xalqaro aeroportga ega bo‘lgan istalgan shahriga har bir tomondan haftasiga 21 tadan (jami 35 tadan) muntazam parvozlarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Aytilishicha, muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi charter parvozlari hamda tranzit parvozlar orqali “Umra” safariga boruvchilar guruhini shakllantirayotgan turoperatorlar hamda agentlar tomonidan yuzaga keltirilayotgan ayrim tartibsizliklarga barham beradi.
O‘zbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bog‘lash hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.