Qatar Madaniyat vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonda: ular qayerlarga boradi?
© Ministerstvo kulturiDelegatsiya Ministerstva kulturi Katara pribila v Uzbekistan
© Ministerstvo kulturi
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qatar Madaniyat vazirligi mas’ullari, shuningdek bir guruh qatarlik o‘quvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 14 apr – Sputnik. Kecha, 13-aprel kuni O‘zbekiston amaliy san’at muzeyida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Qatar Madaniyat vazirligi mas’ullari, shuningdek bir guruh qatarlik o‘quvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Ministerstvo kulturiDelegatsiya Ministerstva kulturi Katara pribila v Uzbekistan
Delegatsiya Ministerstva kulturi Katara pribila v Uzbekistan
© Ministerstvo kulturi
Uchrashuv davomida ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
“Bunday amaliyot madaniyat vaziri lavozimi faoliyatimda birinchi marotaba bo‘layapti, ya’ni Qatardan bolalar tashrif buyurishdi O‘zbekistonga. Eng avvalo, Qatar Davlatining O‘zbekistonga bo‘lgan munosabati bu. Biz o‘zimiz yaxshi ko‘rgan, o‘zimiz qadrli deb hurmat qilgan xalqqa farzandlarimizni ishonib topshirishimiz mumkin. Bugun ana shunday voqeani guvohi bo‘layapmiz”, - dedi O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov.
© Ministerstvo kulturiDelegatsiya Ministerstva kulturi Katara pribila v Uzbekistan
Delegatsiya Ministerstva kulturi Katara pribila v Uzbekistan
© Ministerstvo kulturi
Qatar Madaniyat vazirligining bir guruh mas’ullari hamda qatarlik o‘quvchilarning O‘zbekistondagi tarixiy-madaniy meros obyektlariga tashrifi 19-aprelga qadar davom etadi.
Qatar delegatsiyasining Toshkent shahrining Hazrati Imom majmuasi, Baroqxon madrasasi, Xo‘ja Ahror valiy masjidi, Ko‘kaldosh madrasasi, Chorsu bozori, “Temuriylar tarixi” davlat muzeyi, O‘zbekiston amaliy san’at muzeyi, Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuasi, Toshkent teleminorasi, Toshkent hayvonot bog‘i, “Tashkent city mall” savdo markazi, “Magic city” ko‘ngilochar markazi, “Milliy bog‘” hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor nuqtalariga borishi rejalashtirilgan.
© Ministerstvo kulturiDelegatsiya Ministerstva kulturi Katara pribila v Uzbekistan
Delegatsiya Ministerstva kulturi Katara pribila v Uzbekistan
© Ministerstvo kulturi
O‘zbekiston prezidentning 2023-yilning 1−2 oktabr kunlari Qatarga davlat tashrifi doirasida Qatar bilan madaniyat, turizm, san’at va hunarmandchilik sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama etilgan edi. Shunga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Qatar Davlati Hukumati o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik memorandum”i imzolangan.